Filippinda 44 yoshli erkak koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etdi. Bu Xitoy tashqarisida koronavirusdan vafot etish bilan bog‘liq ilk holat hisoblanadi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Filippindagi boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, erkak 1-fevral kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida koronavirus tufayli 46 kishi vafot etdi. Shu tariqa mamlakatda mazkur kasallik qurbonlari soni 259 kishiga yetdi.

Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar koronavirus bilan kasallanish holatlari Xitoydan tashqari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, BAA va Rossiyada qayd etildi.