So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Sog‘liqni saqlash vazirligi koronovirusning O‘zbekistonga kirib kelganini inkor etdi

    28.01.2020, 23:50 38222

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonga kirib kelganligi, jumladan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida tarqalganligi haqidagi xabarlar haqiqatga mutlaqo zid, deyiladi SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bergan xabarda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xabarda meva-sabzavotlar, jumladan, banandan ushbu virus yuqishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yuzasidan ham ma’lumot berilgan.

    Mavzuga doir: Qozog‘iston Xitoy fuqarolariga viza rasmiylashtirish tartibini qiyinlashtirdi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutaxassisi Qamriddin Boqiyevning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga xorijdan kirib kelgan meva-sabzavotlar, xususan, bananlar Vazirlar Mahkamasining sertifikatlashtirish tartibiga oid 318-sonli qaroriga asosan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Birinchi navbatda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini inspeksiyasi tomonidan fitosanitariya xulosasi beriladi. Keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tarkibidagi Sanitar-epidemiologik xulosalar berish bo‘limlarida xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshirilib, sanitar-epidemiologik xulosa taqdim etiladi. Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligidan muvofiqlik sertifikati olingach, xorijdan keltirilgan meva-sabzavotlar sotuviga ruxsat beriladi.

    Mavzuga doir: KXDR Xitoydan kelgan xorijliklar uchun bir oy muddatli karantin joriy etdi

    Koronavirus meva-sabzavotlardan yuqishi mumkinmi?“Xitoydagi xavotirli epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda, qator oziq-ovqatlar, jumladan, meva-sabzavotlar bo‘yicha ham turli tekshiruvlar olib borilyapti. Lekin bu ilmiy jihatdan hali isbotlanmagan. Ayni paytda koronavirus yuqishiga turli hayvonlar va dengiz mahsulotlari sabab bo‘layotgani taxmin qilinmoqda. Ammo aynan qaysi biridan yuqishi mumkinligi haqida ham aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Umuman olganda, meva-sabzavotlarni yuvmasdan yeyish qaysidir kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. Biroq aynan meva-sabzavotlar iste’moli sabab qandaydir virus yuqtirish holatlari hali kuzatilmagan”, — deydi Qamriddin Boqiyev.

    SSV xabarida ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda ushbu koronavirus infeksiyasiga qarshi barcha kerakli choralar ko‘rilmoqda.

    Mavzuga doir: Filippin Xitoy fuqarolariga viza berishni to‘xtatib qo‘ydi

    28-yanvar holatiga Xitoydagi koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 106 kishiga, yangi kasallanganlar soni 1300 nafarga yetgan. O‘zbekiston TIV odamlardan mish-mish tarqatmaslikni so‘rab, koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar bergan. Shuningdek, O‘zbekistonning koronavirus tufayli xitoylik sayyohlarning bir qismini yo‘qotishi mumkinligi xabar qilindi. Koronavirus tufayli Xitoy—O‘zbekiston aviaparvozlariga talab 5 baravar oshgan, Xitoyga bo‘lgan talab esa 3 barobar pasaygan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?