Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi maktab direktori qalbaki diplom tayyorlab berish va o‘sha diplom bilan ishga olishi evaziga fuqarodan 800 dollar pora so‘radi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Jasur Shukurov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, Koson tumanidagi 98-sonli umumta’lim maktabi direktori Z.N. fuqaroga o‘rta-maxsus maqomini beruvchi qalbaki diplom tayyorlab berish evaziga 300 dollar va o‘sha qalbaki diplom bilan o‘zi rahbarlik qilayotgan maktabga ishga qabul qilish evaziga 500 dollar talab qiladi.

Departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda direktor Z.N. fuqaro U.X.dan Koson tumani xalq ta’limi bo‘limi binosi oldida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasida 800 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 25-yanvar, shanba kuni maktab direktori Z.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi