Rossiyaning Perm o‘lkasi tergov qo‘mitasi Kudimkar shahrida yashovchi ko‘p farzandli 32 yoshli onaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, deb xabar berdi Meduza.
U 2014 va 2019-yilda tug‘ilgan o‘z farzandlarini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda.
Ismi sir tutilayotgan ayol 23-yanvar kuni bolalarni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan so‘ng u o‘zini o‘ldirishga uringan, lekin qutqarib qolingan. U hozirda kasalxonada davolanmoqda. Hodisa sabablari hozircha noma’lum.
Ayolning 2011 va 2017-yilda tug‘ilgan farzandlari otasi bilan birga ekanligi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu oila farovon hayot kechirgan. Oila ijtimoiy himoya organlarida ro‘yxatda turmagan.
Izoh (0)