Inflyatsiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish hukumat oldida turgan eng katta masala. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida aytib o‘tdi.
Inflyatsiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish — eng katta masala. Kelgusi besh yilda inflyatsiyani 5 foizgacha kamaytirmasak, odamlar bizdan rozi bo‘lmaydi. Bu juda muhim, juda nozik masala — iqtisodiyotni tushungan odamlar buni yaxshi anglaydi.Necha yillar davomida “ura-ura” qilib, inflyatsiya ko‘rsatkichlarini qalam bilan yozib yurdik. Bari noto‘g‘ri ko‘rsatkichlar bo‘lgan. Nega deb so‘rasangiz, biz biror marta narx-navolarni ko‘rib chiqmaganmiz.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)