O‘zbekiston transport, qurilish va ichimlik suvi ta’minoti sohalarida ahvol yaxshi emas. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi chiqishida ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.
“Transport, qurilish, yo‘l qurilishi va ichimlik suvi bo‘yicha ham ahvolimiz yaxshi emas. Ertaga yangi transport vazirini tasdiqlaysizlar — bu soha bo‘yicha ham hali birorta qadam tashlangani yo‘q. Hozircha hukumat bu sohalar bo‘yicha o‘ziga yuklangan vazifalarni uddalay olmayapti desak, to‘g‘ri bo‘ladi”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Xabar to‘ldirilmoqda
Izoh (0)