Toshkent shahrida bugun, 21-yanvar kuni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi boshlandi. Unda 97 nafar senator va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati qatnashmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.
Majlisda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashmoqda. Kun tartibiga ko‘ra qo‘shma majlisda Prezident ma’ruza qiladi. Shuningdek, bosh vazir nomzodini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqiladi.
Prezident kecha, 20-yanvar kuni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida alohida-alohida majlislarda ishtirok etgan edi.
Senatda 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisda bosh vazir Abdulla Aripovning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi arizasiga muvofiq hukumat iste’foga chiqarilgan edi.
2019-yilgi parlament saylovi yakunlariga ko‘ra eng ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan O‘zLiDeP bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ilgari surgan.
Izoh (0)