Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida 17-yanvar kuni vazir Po‘lat Bobojonovning AQSh elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Foto: IIV matbuot xizmati

Foto: IIV matbuot xizmati

Uchrashuv chog‘ida taraflar o‘zaro hamkorlikka doir masalalarni muhokama etib, O‘zbekiston ekspertlarining AQShga tanishuv tashrifini tashkil etish borasida kelishib olgan.

“Bu kabi tashriflardan ko‘zlangan maqsad AQShning huquq-tartibotni saqlash, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish borasidagi ish uslubini o‘rganishdan iborat bo‘lib, ekspert-kriminalistik bo‘linmalari uchun kadrlarni tayyorlash, sohani zamonaviy jixozlar bilan ta’minlashga ko‘maklashish kabi masalalarni hal etishdir”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, elchi Rozenblyum Amerika diplomatik missiyasi nomidan O‘zbekiston IIV bilan hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini ta’kidlab o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi