Lahor oliy sudi Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf ishi bo‘yicha maxsus kollegiya tuzilishini “konstitutsiyaga zid” deb topdi va kollegiya chiqargan o‘lim hukmini bekor qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP

Musharraf davlatga xiyonat to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmga nisbatan Lahor oliy sudiga apellyatsiya bergandi.

17-dekabr kuni Pokiston maxsus sudi hozirda BAAda bo‘lgan Musharrafni davlatga xiyonatda ayblab, uni o‘lim jazosiga hukm qilgandi.

2001—2008-yillarda Pokiston prezidenti bo‘lgan 76 yoshli siyosatchi 2007-yilda konstitutsiyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘ygani va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgani uchun aybdor deb topilgan.