MIB Yangiyo‘lda soliqdan qarzdor korxonadan 645 million so‘m undirdi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “Jo‘rabek Agroinvest qo‘shuv” MChJdan undiruvchi Yangiyo‘l tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga soliq qarzi va davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

14-yanvar, seshanba kuni MIBning Yangiyo‘l tumani bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Jo‘rabek Agroinvest qo‘shuv” MChJdan soliq qarzdorligi va davlat bojlari hamda ijro yig‘imi uchun 645 million so‘m naqd pul mablag‘lari undirildi.