Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilarga 48 xonadondan iborat yangi uy topshirildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, harbiy qismda chegara qo‘shinlarida xizmat qiluvchi xodimlar uchun sport zal, 23 o‘rinli xizmat yotoqxona, harbiy texnikalar uchun avtosaroy, kutubxona, futbol maydoni, tennis kort va zamonaviy oshxona ham barpo etilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilar uchun shay holatga keltirilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, harbiy shaharcha Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil yanvar oyidagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Harbiy shaharcha ochilishida ishtirok etgan DXX viloyat boshqarmasi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruk vakillari, viloyat va Dehqonobod tuman hokimligi mas’ullari yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tadbir davomida shaharchada barpo etilgan harbiylar kutubxonasiga Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 500 dona kitob sovg‘a qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?