Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga tashrifi davomida sobiq O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, bino rekonstruksiya qilinib, u yerda Toshkent muzeyi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shavkat Mirziyoyev muzeyning konsepsiyasiga oid loyihalar bilan tanishib, uni boyitish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Toshkent tarixi, bu yerlik allomalar merosi hali to‘liq o‘rganilmagan. Bu joy ilmiy asoslangan, shaharning buyuk o‘tmishini yoshlarga, mehmonlarga yetkazadigan maskan bo‘lishi kerak”, — deb aytgan Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etishlaricha, yangi muzeyni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining filiali tarzida tashkil etib, malakali ilmiy xodimlarni jalb qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halok...
Dunyo
Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi