• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Er topib bering”, “Zaxiradagi killer bo‘laman”, “Ollohning elchisiman”. Prezident portaliga yuborilgan eng g‘alati murojaatlar

    Islom Karimov vafotidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan bosh vazir Shavkat Mirziyoyev xalqning muammolarini o‘rganish, ularni hal etish uchun Bosh vazir portalini ishga tushirgandi. Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng Bosh vazir portali Prezident portaliga aylantirildi.

    Portal ishga tushgan paytda ko‘plab muammolar, oylab, kerak bo‘lsa yillab cho‘zilgan masalalar bir necha kun ichida hal bo‘lishni boshladi. Odamlar portalga yozish bilan tahdid qilib, ishini bitira boshladi. Ba’zilar portalni barcha tilaklarni amalga oshiruvchi “oltin baliqcha” deb o‘ylagan shekilli, unga turli g‘alati murojaatlar kelib tusha boshladi.

    Joriy hafta buxorolik bir yigitning UFC’da yengil vazndagi chempion Habib Nurmagomedov bilan jang tashkil qilib berishlarini so‘rab, Prezident portaliga yo‘llagan murojaati surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

    “Men Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchiman. Bu masalada hech qayerga murojaat qilmadim. Iltimos, menga shu imkoniyatni yaratib berishlarini so‘rayman. Habib kamarini halollab olsin. Meni ham, Habibni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlarini so‘rayman”, — deyiladi o‘sha murojaatda.

    “Daryo” uch yildan ortiq vaqt davomida portalga yuborilgan eng ajabtovur murojaatlarni bir joyga jamladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Men ham boy bo‘lay”

    Toshkentlik fuqaro birovning biznesini olib qo‘yishda yordam berishni so‘rab, portalga murojaat yo‘llagandi. U boy bo‘lgisi kelayotganini aytib, Toshkent shahridagi moy almashtirish shoxobchasini yurgizgisi kelayotganini yozgan.
    “Yo‘q demasangiz, men moy almashtirish shoxobchalarini yurgazmoqchiman. Shunga Archa-ko‘chada Castrol degan shoxobchani menga olib bersangiz. Egasi necha yildan beri foydalanadi axir. Men ham boy bo‘layin degandim”.

    “Ismimni Haqiqat Haqiqatovga o‘zgartirib bering”

    Xorazmlik fuqaro portalga murojaat yo‘llab, Shavkat Mirziyoyevdan uni o‘z yoniga ishga olishini iltimos qilgan. U 100 nafar huquq-tartibot xodimining ishini bajarishini aytib, ismini Haqiqat Haqiqatovga o‘zgartirib berishlarini so‘ragan.
    “Meni Shavkat Mirziyoyev janoblari yoniga ishga olishlarini iltimos qilaman. Chunki Hazorasp tumanida haqiqat o‘lgan, adolat yo‘q. Hozir amaldagi huquq-tartibot organlarining 100 tasini ishini bajaraman. Men charchamayman, faqat meni xavfsizligimni ta’minlasalar bo‘ldi. Meni ismi-sharifimni Haqiqat Haqiqatovich Haqiqatov deb o‘zgartirib berishsin. Ushbu masala bo‘yicha amaliy yordam berishingizni so‘rayman”.

    “Menga, menga, er kerak menga”

    Qashqadaryolik qiz go‘zal, qaddi-qomati kelishgani, ammo o‘ziga mos turmush o‘rtoq topolmayotganini aytib, Shavkat Mirziyoyevning shogirdlaridan biriga erga tegmoqchi ekanligini yozgan.

    “Yoshim 28 da. Chevarman, har xil urfdagi zamon talablariga mos milliy va zamonaviy liboslar tikib yarataman, yaxshigina pazanda hamman. O‘zimga yarasha iffatim, go‘zalligim ham bor, qaddi-qomatim ham kelishgan. Tabiatan mehribon jiddiy qizman. Hayotga real qarayman. Lekin bir muammo — baxtim borasida o‘zimga mos, ko‘nglimdagidek bo‘lajak turmush o‘rtoq uchratmayapman. Sizga iltimosim shuki, kelishgan, chiroyli, o‘qimishli, bo‘lajak oilasiga mehribon, sog‘lom, hayotga tayyor, moliyaviy tomonlama ham hamma narsasi bor munosib shogirdlaringiz bo‘lsa, iltimos, turmush qurishimizga, mustahkam oila qurishimizga o‘zingiz bosh bo‘ling”.

    Ollohning elchisi

    Yana bir fuqaro o‘zini Ollohning elchisi ekanligini da’vo qilib, buni isbotlab ham bera olishini yozgan.

    “Men Ollohning elchisiman. Menga ayolimning qarindoshlari tuhmat qilishdi. Bu haqda viloyat prokuraturasida bir necha marotaba murojaat qildim. Ular menga hech qanday jinoyat yo‘q deb aytishdi. Meni qo‘rqitib otib ham ko‘rishdi. Rossiyada sudga ham berishdi. 7 yildan beri shunaqa. Men Ollohning elchisi ekanligimni isbotlab bera olaman.

    Men 3–4 marta viloyatdagi xalq qabulxonasiga bordim. Ular qog‘oz berib, shu qog‘ozga yozib bering, keyin jo‘natamiz deb aytishdi. Keyin xalq qabulxonasidagilar yo‘q biz jo‘nata olmaymiz deb aytishdi. Avvalambor *****dagilar ishonishadi. Lekin o‘zini yo‘liga yurgizishmoqchi. Prokuraturaga ham isbotlab berishimni aytdim.

    Toshkentga borsam menga ish berishmadi. 700 merosni yoddan xalqqa oshkor qilayin. Shunga yordam bersangiz. Menga qabristonga olib borib savol berishdi. Iltimos, shu masalani ko‘rib chiqsangiz”.

    “Uy berdingiz. Mashina ham xohlayman”

    Surxondaryodan murojaat yo‘llagan fuqarolardan biri 2-guruh nogironi ekani, unga Prezident nomidan uy berilganidan minnatdorligi, endi davlat tomonidan mashina ajratilishini xohlayotganini yozgan.

    “Men mashina haydashga qiziqaman. Ammo mashina olish uchun menda sharoit yo‘q. Menga davlat hisobidan mashina berilishini istayman. Bu masalada Denov tumani hokimligiga murojaat qildim, ammo mashina ajratilmasligini aytishdi. Mening Sizdan iltimosim, ushbu masala yuzasidan amaliy yordam berishingizni so‘rayman”.

    “Pul to‘lamaganim uchun pasportimni olib qo‘yishdi”

    Yashash manzili bo‘lmagani andijonlik fuqaro 5 kun mehmonxonada pul to‘lamay yashagani uchun pasportini olib qo‘yishganidan shikoyat qilgan.

    “Men yashash manzilim yo‘q bo‘lgani sababli Andijon shahar Elita mehmonxonasida 5 kun muddat yashagan edim. Yashaganim uchun pul to‘lay olmaganim sababli fuqarolik pasportimni olib qolishgan edi. Pulni to‘lashga imkonim yo‘q. Shu masala bo‘yicha Andijon shahar hokimiyatiga murojaat qildim, natija bo‘lmadi”.

    2 million so‘m uchun zaxiradagi killer

    Ichki ishlar organlari xodimi bo‘lish istagidagi namanganlik fuqaro IIV rahbari Po‘lat Bobojonovdan 2 oy 1 million so‘mdan pul berib turishini so‘ragan. Fuqaro pullarni albatta qaytarishini aytib, zaxiradagi killer bo‘lishi mumkinligini yozgan.

    “IIBga ishga kirish uchun yordam so‘ragan edim. Uyimga .... viloyati IIB xodimlari kelib men IIBga ishga kira olmasligimni, sababi ma’lumotim yo‘q ekanligini yaxshi gapirib tushuntirishdi. Hurmatli Bobojonov Po‘lat Razzoqovich menga 2 oy 1 million so‘mdan yordam berishlarini iltimos qilaman. Men bu pulni albatta qaytaraman. Agar xohlasangiz, zaxiradagi killer bo‘lishim mumkin. Sizdan iltimos, ushbu murojaatimni ijobiy hal qilib bersangiz”.

    “Kursdoshim telefonini ko‘tarmadi”

    Moliya institutini bitirgan farg‘onalik yigit vinyetkasi kursdoshida qolib ketgani, ammo kursdoshi bilan bog‘lana olmayotgani uchun Prezidentga murojaat qilgan.

    “2010-yilda Toshkent davlat moliya institutini “Kredit iqtisodi” fakultetini bitirganman. Bitirgan vaqtimda vinyetkam qolib ketgan. G‘azalkent milliy bankida kursdoshim, Qodirov Farrux ishlaydi. Qo‘ng‘iroq qilsam, ko‘tarmadi. Vinyetkamni qaytarib olishim uchun yordam berishingizni so‘rayman”.

    “Qiynalib yetishtirgan nashalarimni prokuratura va IIB xodimlari uzib olib ketishdi”

    Bekobod shahridan murojaat yo‘llagan fuqaro ilgari geroin iste’mol qilgani uchun ikki marta qamalib chiqqani, hozirda geroinni tashlab, nasha iste’mol qilishga o‘tganini yozgan. Hech qayerdan nasha topolmagani uchun o‘z uyida nasha yetishtirishni boshlaganida huquq-tartibot organlari xodimlari nashalarni uzib olib ketganidan shikoyat qilgan va bunga tushuntirish so‘ragan.

    “Men avval geroin iste’mol qilganligim sababli 2 marta qamalib chiqqanman. Men hozirda geroin iste’mol qilishni tashlab, nasha iste’mol qilishga o‘tganman. Lekin hech qayerda nasha topa olmaganim uchun uyimda o‘zim uchun nasha o‘stirayotgan edim. Uyimdan prokuratura va IIB xodimlari kelib qiynalib yetishtirgan nashalarimning hammasini uzib olib ketishdi. Meni shunchalik uylarimni tekshirishga nima haqlari bor? Men oldi-sotdi qilayotganim yo‘q-ku. Iltimos, uyimda o‘zim foydalanishim uchun o‘stirayotgan nasha o‘simligini nima sababdan uzib olib ketayotganlarini tushuntirib berishlarini va meni tinchligimni ta’minlab berishlarini so‘rayman”.

    11.01.2020, 18:10   Izoh (0)   212953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiyning haykali qayta o‘rnatilayotgan Adiblar xiyobonini borib ko‘rdi

    11.01.2020, 17:54

    Jahon banki 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,7 foizga o‘sishini prognoz qildi

    11.01.2020, 17:12

    Xususiy bandlik agentligi tomonidan aldangani aytilgan Saxalindagi o‘zbekistonlik migrantlar haqida rasmiy ma’lumot berildi

    11.01.2020, 16:53

    Bojxona qo‘mitasi shaxsiy ehtiyoj uchun tovar olib kirishda boj to‘lovi qimmatlashgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi

    11.01.2020, 15:52

    O‘zbekistonning BMTdagi vakolatxonasi va Nyu-Yorkdagi konsulxonasida ishlovchilar qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

    11.01.2020, 15:09

    Andijonda haydovchi YPX xodimining bodikamerasini yulib oldi (video)

    11.01.2020, 14:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05

    Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish narxi 3 baravar oshishi mumkin

    Dunyo | 20 iyul, 18:30

    Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

    Sport | 20 iyul, 17:53

    Indoneziyada 280 kishi bo‘lgan kemada yong‘in: odamlar dengizga sakramoqda (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:52

    AQSHda uchayotgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:30

    AQSH G‘arbiy Sohildagi falastinliklar cherkoviga hujumni terrorchilik harakati deb atadi

    Dunyo | 20 iyul, 17:10

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.