Shveysariyaning hayvonlarni himoya qiluvchi Pro Natura tashkiloti o‘rmon mushugini 2020-yil hayvoni deb e’lon qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, bu yo‘l bilan Shveysariyadagi hayvonot olamini himoya qilish muammosiga e’tibor qaratish mo‘ljallangan.
O‘rmon mushugi yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan, ammo so‘nggi yillarda bu hayvonga nisbatan vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarib, uning areali kengaygan. Daraxtlar kesilishidan himoyalangan o‘rmon hududlari bu hayvonning ov qilishi va nasl berishi uchun qulay joy yaratadi.
Yevropa mushugi deb ham ataluvchi ushbu mushuk Yevropa, Osiyo va Afrika shimolida yashaydi. Mutaxassislarning aytishicha, o‘rmon mushugini uy mushugidan farqlash qiyin. Shveysariyada taxminan 1,6 millionta uy mushuklari mavjud. Ularning aksariyati ko‘chalarda “shunchaki yuradi”, ayrimlari esa yovvoyilashib ketgan bo‘lib, ularni o‘rmonlarda uchratish mumkin.
Izoh (0)