Rossiyaning Omsk shahrida YTH oqibatida jiddiy jarohat olgan ayol olib ketilayotgan tez yordam mashinasi yengil avtomobil bilan to‘qnashdi, deb xabar beradi “TASS”.
Ushbu YTH oqibatida yana besh kishi jarohatlangan.
“9-yanvar kuni soat 00:05 da tez yordam mashinasi va yengil avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida 6 kishi jabrlangan. Tez yordam mashinasida ikki yengil avtomobil to‘qnashuvi oqibatida jarohatlanib, komaga tushib qolgan ayol bo‘lgan. U sun’iy nafas oldiruvchi uskunaga ulangan edi. Ikkinchi YTH oqibatida ayol halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Tez yordam mashinasi va yengil avtomobil haydovchilariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ular shifoxonaga borishdan bosh tortgan.
Qolgan jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizildi.
Izoh (0)