O‘zbekistonda 2019-yili xorij valyutasiga bo‘lgan talab 37,7 foizga oshib, 15,5 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi Markaziy bank.
Shu bilan birga taklif 44 foizga oshib, 11,7 milliard dollarga yetgan. Talabning taklifga nisbatan oshishi 3,8 milliard dollarni tashkil etgan.
36,6 trillion so‘m hajmdagi monetar oltinni sotib olish hisobiga yuzaga kelgan ortiqcha likvidlilikni sterilizatsiya qilish uchun Markaziy bank 33,6 trillion so‘m valyuta sotgan.
“Regulyatorning 2019-yildagi valyuta intervensiyalari bozor kursini shakllantirishning bir qismi sifatida amalga oshirildi va valyuta kursining asosiy tendensiyasiga ta’sir qilmadi”, — deyiladi xabarda.
2018-yilda talab 10,4 milliard dollarni tashkil etgandi, bu 2017-yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 1,5 barobar ko‘proq.
Izoh (0)