4-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/32 final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Brendan Rojers qo‘l ostidagi “Lester” jamoasi o‘z maydonida “Uigan”ni qabul qildi.
O‘yinning 19-daqiqasida mehmon jamoa himoyachisi Tom Pirs avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, 40-daqiqaga kelib “tulkilar” yarim himoyachisi Xarvi Barns jamoasining g‘alabasini mustahkamladi.
Shu tariqa “Lester” o‘z uyida “Uigan” ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” esa “Port Veyl”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida “shaharliklar” a’zolari Aleksandr Zinchenko (20), Serxio Aguero (42), Xarvud-Bellis (58) hamda Filip Foden (76) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Tom Poul (35) o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Natijada “Siti” “Port Veyl”ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” esa “Vulverhempton” maydoniga safar qildi.
O‘yinda tomonlar darvozalari daxlsizligi saqlanib qolindi va bahs 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakunlandi.
Angliya Kubogi
1/32 final bahslari
4-yanvar, shanba
“Lester”—“Uigan” 2:0
Gollar: 1:0 — 19, avtogol Pirs, 2:0 — 40 Barns“Manchester Siti”—“Port Veyl” 4:1
Gollar: 1:0 — 20 Zinchenko, 1:1 — 35 Poul, 2:1 — 42 Aguero, 3:1 — 58 Xarvud-Bellis, 4:1 — 76 Foden“Vulverhempton”—“Manchester Yunayted” 0:0
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)