Fransiyaning “Gengam” klubi hujumchisi Natayel Julan avtohalokat natijasida vafot etdi.
23 yoshli futbolchi 3-yanvar, juma kuni yo‘l transport hodisasi natijasida olgan jarohati tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
“‘Gengam’ motamda. Klub Natayel Julanning o‘limini eshitib, bugungi mashg‘ulotda chuqur qayg‘uga botdi. Bu mudhish kunda klubning barcha a’zolari Natayelning oilasiga hamdardlik bildirish uchun jamlandi”, — deyiladi “Gengam” bayonotida.
Julan “Gavr” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018-yilning yanvarida “Gengam”ga kelgan. 2018/19-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini “Valansiene”da o‘tkazgan futbolchi ushbu mavsum avvalida “Gengam”ga qaytgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)