Yevropada yangi yilni shahar ko‘chalarida kutib olish odat tusiga kirgan, u yerda o‘nlab konsertlar uyushtiriladi va feyerverklar yondiriladi. Yevropada juda arzon va quvnoq o‘tkazish mumkin bo‘lgan yangi yil tadbirlari haqida hikoya qilamiz.
1. Amsterdamdagi kanallar bo‘yida uyushtiriladigan konsertlar, Gollandiya
Amsterdamda butun shahar bo‘ylab konsertlar mahalliy vaqt bilan 21:00 da boshlanadi: Chaynataundagi Noymarkt maydonida, Leydsepleyn quvnoq maydoni va Reykmyuzeum yonidagi Rembrandtleynda qiziqarli tomoshalar uyushtiriladi. Ushbu mayfonlarning har birida va boshqa o‘nlab ko‘chalarda kamida musiqachilar yoki didjeylar kuy-qo‘shiq ijro etadi.
Feyerverk an’anaga ko‘ra Amstel daryosidagi kema muzey joylashgan, Magere-Bryug ko‘prigi yaqinida, Ostredok tumanida amalga oshiriladi.
2. Turli ranglarda tovlanadigan charog‘on Lissabon, PortugaliyaDekabr boshida shahardagi barcha ko‘cha va maydonlar gulchambarlar bilan bezatilib, binolarda bayramona shukuh beruvchi turli chiroqlar yoqiladi. Yangi yilda uchrashish uchun eng ommaviy uchrashuv joylari bu – Prasa-du-Komersiu maydoni hamda Millatlar parki.
Prasa-du-Komersiuda 31-dekabrda boshlanadigan konsertlar 3-yanvarga qadar davom etadi.
Shuningdek, Rossio va Teju daryosi bo‘yidagi Belem mayog‘i yaqinidagi Kamoyesh maydonida o‘tadigan konsertlar ham mashhur. Portugaliyaliklarning ko‘pchiligi Kashkaysh, Eshtoril va Oeyrash sohil dam olish maskanlaridagi kurant soatlar bongini tinglab yangi yilni kutib oladi.
3. Rimdagi qadimiy vayronalarda o‘tadigan konsertlar, Italiya
Rimliklar Rojdestvoni uyda, Yangi yilni esa prosseko qadahini ko‘targan holda shahar ko‘chalarida kutib oladi. Shahraning asosiy maydonlarida Rojdestvogacha yarmarkalar, 25-dekabrdan 1-yanvargacha esa musiqachilarning tomoshalari o‘tadi. Asosiy konsert va feyerverk yangi yil kechasida Via dei Fori Imperialida o‘tkaziladi. Ommaviyligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi shahar maydoni — Pyatssa del Popolo. Bu yerda konsertlar, feyerverklar, lazer shou va yuzlab odamlar yangi yilgacha raqamlarni teskari sanab eski yilning so‘nggi soniyalarini o‘tkazadi.
4. Madriddagi 12 baxt uzumini yeyish an’anasi, Ispaniya
Madridliklar yangi yil kirib kelishi oldidan barcha oila a’zolari bilan 12 uzum shingilini yeyish va shahar markaziy maydonidagi Puerta del Sol kurantlari bongini tinglash uchun ko‘chalarga chiqadi. Madriddagi eng chiroyli archa ham shu maydonda bezatiladi va yangi yil mushakbozligi ham o‘tkaziladi. Alkala darvozalari yonidagi Plasa Mayor, Plasa-de-la-Vilya va Gran Viada konsertlar uyushtiriladi, madridliklar Sol va La Latina barlarida tungi marafon uyushtiradi.
5. Berlindagi ochiq osmon ostida o‘tadigan festival, GermaniyaBerlin klublarda hayot qaynashi va musiqiy festivallari bilan olamga mashhur. Har yili 31-dekabrda shaharga Yevropadagi eng katta Silvestr bepul festivalida ishtirok etish uchun million nafardan ko‘proq odam tashrif buyuradi. Festival ochiq osmon ostida, ikki kilometr maydondagi beshta sahnada o‘tadi. Strasse 17 juni’da o‘tadigan katta tadbir Brandenburg darvozalari va G‘alaba kolonnasini bog‘laydi.
Mahalliy vaqt bilan 18:30 da didjeylar va mahalliy guruhlar asta-sekin ijro kompozitsiyalarini taqdim qiladi, xedlayner ya’ni kechaning asosiy yulduzlari 21:45 da sahnaga chiqadi va tongga qadar qo‘shiqlar kuylaydi, konsert televideniye orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish qilinadi. Yarim tunda Brandenburg darvozasi oldida zo‘r mushakbozlik o‘tkaziladi.