Samolyoti Olmaotada 27-dekabr kuni halokatga uchragan Bek Air aviakompaniyasi bir necha yil davomida Parvozlar xavfsizligini baholash xalqaro dasturi (IOSA) majburiy o‘tilishi bekor qilinishiga erishish harakatida bo‘lgan. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Roman Sklyar ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosariga ko‘ra, oldin IOSA ichki va xalqaro reyslar amalga oshirilishida majburiy bo‘lgan, biroq 2016-yilda ichki parvozlar uchun bu talab bekor qilingan.
“Bek Air kompaniyasi yillar davomida turli darajadagi lobbichilar ishtirokida xalqaro aviareyslarni amalga oshirish uchun IOSA sertifikatini bekor qilishga urinib keldi. Biroq mazkur bosimlarga qaramay, vazirlik bunga ko‘nmadi”, — dedi Roman Sklyar.
Izoh (0)