Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX chegara qo‘shinlari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Tezkor tadbir davomida Toshkent tumani “Oqko‘prik” temir yo‘l chegara stansiyasiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poyezdi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.Vagonlardan birining g‘ildirak juftliklari orasida og‘irligi 371,55 grammni tashkil etuvchi 2 dona o‘ramda marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)