Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 18-turi doirasida 21-dekabr, shanba kuni 5 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.
Turning markaziy o‘yinlaridan birida Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” o‘z mayonida Brendan Rojers boshqaruvidagi “Lester”ni qabul qildi.
Bellashuv davomida “tulkilar” hujumchisi Jeymi Vardi (22) tomonidan urilgan golga “shaharliklar” Riyad Mahrez (30), Ilkay Gundo‘g‘on (43, penalti) hamda Gabriel Jezus (69)ning gollari bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “Siti” o‘z maydonida “Lester” ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Qayd etish joiz, ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan “mankunianlar” ochkolari sonini 38 taga yetkazdi. Undan bir ochko ko‘p to‘plagan “Lester” esa 2-o‘rinni egallab turibdi.
APL
18-tur bahlari
21-dekabr, shanba
“Aston Villa”—“Sauthempton” 1:3
Gollar: 0:1 — 21 Ingz, 0:2 — 31 Stivens, 0:3 — 51 Ingz, 1:3 — 75 Grilish“Bornmut”—“Byornli” 0:1
Gol: 0:1 — 89 Rodriges“Brayton”—“Sheffild Yunayted” 0:1
Gol: 0:1 — 23 Makberni“Nyukasl”—“Kristal Pelas” 1:0
Gol: 1:0 — 83 Almiron“Norvich”—“Vulverhempton” 1:2
Gollar: 1:0 — 17 Kentuell, 1:1 — 60 Saiss, 1:2 — 81 Ximenes“Manchester Siti”—“Lester” 3:1
Gollar: 0:1 — 22 Vardi, 1:1 — 30 Mahrez, 2:1 — 43, penalti Gundo‘g‘on, 3:1 — 69 Gariel JezusYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)