• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi islohotlar davom ettiriladimi? Mirziyoyev Nikkei’ga bergan intervyusida bu savolga javob berdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatda chop etiladigan “Nikkei” gazetasiga intervyu berdi. 1876-yilda asos solingan, dunyodagi yirik moliyaviy nashrlardan biri bo‘lgan ushbu gazeta 3 milliondan ziyod nusxada chop etiladi. O‘zA ushbu intervyuning tarjimasini taqdim etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    – Muhtaram Prezident Janoblari, Siz Yaponiya bilan ikki tomonlama munosabatlar, ayniqsa, iqtisodiyot sohasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holatini qanday baholaysiz?

    – Yaponiya O‘zbekiston uchun doimo vaqt sinovidan o‘tgan, ishonchli va strategik sherik bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

    Yaponiya hukumatining ko‘magida, “Rivojlanish uchun rasmiy yordam” dasturi doirasida mamlakatimizda qiymati 4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik loyihalar amalga oshirildi.

    Iqtisodiy hamkorligimizning asosiy sohalari – bu elektr energetikasi, neft-gaz, neft-kimyo va kimyo tarmoqlari, mashinasozlik va turizm hisoblanadi.

    Ishonamanki, bo‘lajak O‘zbekiston – Yaponiya sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab, sheriklik aloqalarimizning yangi yo‘nalishlarini belgilab beradi.

    – Yaponiyaga tashrifingiz doirasida qanday ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan?

    – Tashrif davomida Yaponiya yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini nazarda tutadigan bir qator shartnomalarni imzolashni rejalashtirganmiz.

    Amalga oshirilishi belgilangan qo‘shma investitsiyaviy loyihalarning umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.

    Yirik va muhim ahamiyatga molik loyihalar orasida qiymati qariyb 2 milliard dollar bo‘lgan Navoiy issiqlik elektr stansiyasining uchinchi va to‘rtinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bo‘yicha ishlar davom ettirilishini alohida ta’kidlashni istardim. Yana bir muhim loyiha (qiymati 200 million dollar) meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, O‘zbekistonda eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etishga qaratilgan.

    – O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy salohiyati va jozibador jihatlarini nimalarda ko‘rasiz?

    – O‘zbekistonda so‘nggi yillarda investitsiya muhitining yaxshilanishi natijasida xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni 2 barobarga ortdi. Bugungi kunda ularning soni 10 mingni tashkil etmoqda.

    Biz bu yil xorijiy investitsiyalarni uch barobar ko‘p, ya’ni 7 milliard dollardan kam bo‘lmagan miqdorda o‘zlashtirishni mo‘ljallab turibmiz.

    O‘zbekiston ulkan mineral-xomashyo resurslariga ega bo‘lib, oltin, uran, mis, kaliy tuzlari, fosforitlar kabi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha dunyodagi o‘nta yetakchi davlat qatorida qayd etiladi. Biz birgalikda ilg‘or yapon texnologiyalari yordamida ularni yanada chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashga erishishimiz mumkin.

    – O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan barcha davlatlar va kompaniyalarni qiziqtiradigan bir savol bilan murojaat qilishga ruxsat etsangiz: mamlakatda keng miqyosdagi islohotlar davom ettiriladimi, keyingi tarkibiy o‘zgarishlar qanday bo‘ladi?

    – Ko‘p yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal qilish, xalqaro maydonda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun 2017-yildan e’tiboran, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni boshladik. Iqtisodiyotni liberallashtirish ishlari va ma’muriy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi joriy etildi.

    Biz raqobat va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, xususiy mulkni himoya qilishning qat’iy kafolatlari, mazkur sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, biznes va sarmoya muhitini yaxshilashga muhim ahamiyat qaratmoqdamiz. Bularning barchasi, jumladan, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga qaratilgan.

    Biz xorijiy investorlarning qo‘llab-quvvatlashidan umidvormiz. Hukumatimiz xorijiy investitsiyalarni imkon qadar himoya qilish va O‘zbekistonga sarmoyalar oqimini kengaytirish maqsadida ishonchli rag‘batlantirish omillarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

    Bugungi kunda O‘zbekistondagi demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan darajada muqarrar tus oldi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor. Chunki, bu islohotlar bizning milliy manfaatlarimizga, xalqimizning orzu-intilishlariga mos keladi.

    – 2016-yilda mamlakat Prezidenti lavozimiga saylanganingizdan so‘ng Siz hokimiyatni demokratlashtirish va uning ochiqligini ta’minlash siyosatini amalga oshirishga kirishdingiz. Ushbu siyosat davom ettiriladimi va shu jihatdan qaraganda, bo‘lajak parlament saylovlarining ahamiyati nimalardan iborat?

    – Davlat rahbari sifatidagi faoliyatimning ilk kunlaridan boshlab jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatning yangilanishi va modernizatsiya qilinishiga birinchi darajali ahamiyat qaratib kelmoqdaman.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

    Shuni qayd etish kerakki, O‘zbekiston viza rejimi eng liberal davlatlar ro‘yxatida MDH hududida ikkinchi va Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. Hozirgi vaqtda bizning mamlakatimizga 86 ta davlat fuqarolari kirish vizasini olmasdan kelib-ketishi mumkin.

    Bugun O‘zbekiston aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Biz, albatta, yosh avlod haqida har tomonlama g‘amxo‘rlik qilamiz.

    Bo‘lajak parlament saylovlari milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, O‘zbekistonning dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi yo‘lidagi yana bir amaliy qadam bo‘ladi.

    – O‘zbekiston tashqi siyosatda qanday tamoyillarga tayanadi?

    – Bizning maqsadimiz – xalqaro maydonda, jumladan, jahon xo‘jalik munosabatlarida munosib o‘rin egallashdan iborat. O‘z-o‘zidan ravshanki, tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi – Markaziy Osiyo mintaqasidir. So‘nggi uch yil mobaynida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllandi, o‘zaro siyosiy ishonch sezilarli darajada ortdi, kooperatsion va gumanitar aloqalar faollashdi.

    Mintaqamizda barqarorlikni ta’minlash qo‘shni Afg‘onistonda tinchlikka erishish bilan chambarchas bog‘liqdir.

    Yevroosiyoning transport-tranzit va ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz, mintaqamiz orqali Sharqdan G‘arbga va Shimoldan Janubga o‘tadigan mavjud transport va iqtisodiy koridorlarni mustahkamlash va yangilarini yaratish tarafdorimiz.

    Biz barcha sherik davlatlar – Rossiya, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari va musulmon dunyosi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdormiz.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan 17-dekabr kuni Yaponiyaga keldi. Prezidentni Tyubu xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Yaponiya rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

    Prezident Nagoya shahrida ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, ta’lim, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Yaponiyaning yirik kompaniyalarini O‘zbekistonga taklif etdi.

    Shuningdek, Nobel mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqan Nagoya universitetida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi, Universitetning ilmiy kengashi  Shavkat Mirziyoyevga universitet faxriy doktori unvonini berdi.

    Tashrifning uchinchi kuni parlament quyi palatasida bo‘lib, vakillar palatasi raisi Tadamori Osima bilan O‘zbekiston—Yaponiya parlamentlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

    Davlat rahbarining rasmiy tashrifi 20-dekabrgacha davom etishi va qiymati 6,5 milliard dollarga teng bo‘lgan 48 ta kelishuv va shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Tashrif doirasida Yaponiyaning yirik shaharlaridagi LED-ekranlarda O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish etilmoqda.

    19.12.2019, 13:57   Izoh (0)   24115
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Musulmonlar idorasi Yunusoboddagi fojia oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

    19.12.2019, 13:26

    Bosh prokuratura Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan jinoyat ishi ochdi. Aybdorlar ko‘pi bilan 5 yilgacha qamalishi mumkin

    19.12.2019, 12:56

    Yunusoboddagi fojiada halok bo‘lgan olti ishchining oilalariga 100 mln so‘mdan kompensatsiya berildi

    19.12.2019, 12:49

    Yunusoboddagi metro qurilishida oltinchi qurbon tuproq ostidan olib chiqildi

    19.12.2019, 12:35

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi

    19.12.2019, 12:24

    Bosh prokuratura “janozasi o‘qilmagan bloger” audiosi bo‘yicha surishtiruv boshladi. Ovoz Shuhrat G‘aniyevniki deb taxmin qilinmoqda

    19.12.2019, 12:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil “Hizbulloh”ni qurolsizlantirishda Livanga yordam bermoqchi

    Dunyo | 26 avgust, 13:40

    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi

    Reklama | 26 avgust, 13:30

    Mo‘ynoqdagi quduqdan gaz otilib chiqishi bir oydan so‘ng “jilovlandi”

    O‘zbekiston | 26 avgust, 12:55

    Kaskadyorga ehtiyoj yo‘q: xavfli tryuklarni ham dublyorsiz bajaradigan Gollivud aktyorlari

    Kino | 26 avgust, 12:55

    Hindistonda er o‘z ayolini tiriklayin yoqib yubordi

    Dunyo | 26 avgust, 12:49

    Iordaniya podshohi Samarqandda tantanali kutib olindi (foto)

    O‘zbekiston | 26 avgust, 12:36

    “Barselona” futbolchisi La Liganing boshqa klubiga o‘tishi mumkin

    Sport | 26 avgust, 12:34

    Sankt-Peterburgda millatni aniqlovchi kameralar ishga tushdi

    Dunyo | 26 avgust, 12:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.