• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish bizga nima uchun kerak?

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda bir milliarddan ortiq turli darajada nogironligi bor odamlar yashaydi. Bu esa yer yuzi umumiy aholisining 15 foizini tashkil qiladi, ular “dunyoning eng yirik ozchiligi”dir.

    2006-yilda BMT Bosh Assambleyasi BMT Nogironlar huquqlarini himoya qilish Konvensiyasini va nogironligi bor odamlarning huquqlarini va sha’nini himoya qilishga qaratilgan Fakultativ Protokolini qabul qildi. U 2008-yilda kuchga kirdi.

    Konvensiya yigirma birinchi asrda qabul qilingan inson huquqlari to‘g‘risidagi birinchi shartnoma; xalqaro qonun tarixida inson huquqlari to‘g‘risidagi eng tez kelishilgan shartnoma va internet orqali olib boriladigan keng miqyosdagi konsultatsiyalardan kelib chiqqan birinchi shartnoma hisoblanadi.

    BMT Nogironlar huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi o‘zining imzolash uchun ochilgan kunidan boshlab har qanday boshqa inson huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyalardan ham ko‘proq imzolarni qabul qildi. Konvensiya yangi inson huquqlarini o‘rnatmasada, davlatlarga nogironligi bor odamlarga nisbatan, o‘ta aniqlik bilan, ularni hurmat qilish, himoya qilish va qo‘llash majburiyatlarini ko‘rsatib beradi.

    Mavjud inson huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyalar nogironligi bor odamlarning huquqlarini qo‘llash va himoya qilishda aytarli imkoniyatlarni taklif qilgan bo‘lsa ham, lekin ma’lum bo‘ldi-ki, bu salohiyatdan foydalanilmadi. Haqiqatdan, nogironligi bor odamlarning inson huquqlarini inkor qilishda davom etdilar va ular dunyoning barcha nuqtalarida jamiyatning bir chetida saqlanib keldilar. Bundan Konvensiya nafaqat davlatlar tomonidan nogironligi bor odamlarni kamsitilmasliklarini aniqlashtirib beradi, balki ular jamiyatda qadr-qimmati bilan hayotdan zavqlana olishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berishda ko‘plab qadamlarni bayon qiladi.

    Shunday qilib, Konvensiya, boshqa inson huquqlari shartnomalaridan farqli o‘laroq, davlatlar tomonidan kamsitilishni taqiqlash va hamma uchun teng huquqlikka erishish borasida chora-tadbirlarni o‘rnatish yo‘lida yanada chuqurroq yondoshishga imkon yaratib beradi. Ularda nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatlarini rag‘batlantirish va himoya qilish, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini va bu huquqlardan boshqalar bilan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini kafolatlash tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Ushbu Konvensiyada nogironlarning huquqlari va asosiy erkinliklari, xususan, ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta’lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bo‘sh vaqtni o‘tkazish, dam olish va sport bilan shug‘ullanishda ishtirok etish, o‘zlari va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lish va ijtimoiy yordam huquqlari e’tirof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan. Bunda, ayniqsa, nogiron ayollar, bolalar va keksalar huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan davlatlarning nogironlarning mustaqil turmush kechirishlari va turmushning barcha jabhalarida har taraflama ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun ularning boshqalar bilan teng ravishda ijtimoiy muhitdan, transport, axborot va aloqa, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimidan, shaharlarda va qishloq joylarida aholi uchun taqdim etiladigan boshqa obyektlar va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash borasidagi majburiyatlari ko‘rsatilgan.

    Konvensiyada qayd etilgan qoidalarga rioya etilishi va ishtirok etuvchi davlatlarning mazkur masala bo‘yicha majburiyatlarining ijrosini ta’minlashni muvofiqlashtirish va buning monitoringini amalga oshirish maqsadida BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tashkil etilgan. “Nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga Fakultativ protokol”da ushbu Qo‘mitaning o‘z yurisdiksiyasida bo‘lgan shaxslarning yoki shaxslar guruhining yoxud ular nomidan ushbu ishtirok etuvchi davlat tomonidan Konvensiya qoidalari buzilishining jabrdiydalari ekanligi to‘g‘risidagi arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish vakolatlari belgilab qo‘yilgan. “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ni qabul qilishdan nogironlarga yanada teng imkoniyatlarni ta’minlash uchun milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalardagi strategiyalar, rejalar, dasturlar va tadbirlarni rag‘batlantirish maqsadi ko‘zlanganligini alohida ta’kidlash kerak.

    BMTga a’zo 192 ta davlatdan 155 tasi uni imzoladi. O‘zbekiston Nogironlar huquqlarini himoya qilish Konvensiyasiga 2009-yil 27-fevralda imzo chekdi. Ammo uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ratifikatsiya cho‘zilib ketdi. O‘zbekiston XDP nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish masalasiga doimiy e’tibor qaratib kelgan. Ana shu maqsadlarning davomi sifatida BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha Konvensiyasini ratifikatsiya qilish tashabbusini o‘z fraksiyasi orqali o‘rnatilgan tartibda ilgari surishni maqsad qilgan.

    Konvensiya nima uchun muhim?

    Konvensiyaning asosiy maqsadi — imkoniyati cheklangan odamlarning teng huquqliligini himoya qilish va ta’minlash. Bu hukumat ko‘chaga chiqishda panduslarning yoki jamoat transportidan tushishda maxsus uskunalarning yo‘qligi sababli muammolarga duch kelayotgan nogironligi bor shaxslar uchun infrastruktura sharoitini yaratib berishi kerakligini bildiradi. Shuningdek, nogironligi bor shaxslar boshqa fuqarolar bilan birdek tibbiy xizmatlardan to‘laqonli foydalana oladigan bo‘lishi shart. Bundan tashqari, tashqari,hukumat inklyuziv ta’lim berishni ta’minlashi kerak:hukumat nogiron bolalarga boshqalar bilan birga umum ta’lim maktablariga borishiga imkon yaratib berishga mas’ul. Konvensiyaning o‘zi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan. Bu degani nogironligi bor shaxslarga inson huquqlari bo‘yicha olib qaraganda bir xil munosabatda bo‘lish kerak hamda ularni kasalmand odamlar qatori qabul qilib bo‘lmaydi deganni anglatadi.

    BMT nogironlar huquqlarini himoya qilish konvensiyasida 51 modda bor. Ratifikatsiya bo‘lgan kunning ertasigayoq konvensiya ishlab ketmaydi. U eng muhimlarini ishga oshirish bilan ishlab turadi. Natijada nogironligi bor shaxslarning hayoti yaxshilana boshlaydi. Konvensiya qabul qilinishi bilan nogiron insonlarda mehnat, ta’lim va tibbiy xizmat borasida sog‘lom odamlar bilan teng imkoniyatga ega bo‘lish umidlari paydo bo‘ldi. Jismoniy imkoniyati cheklangan odamlar uchun aniq bo‘lgan narsalardan — infrastruktura bilan ta’minlashdan boshlasak yaxshi bo‘lar edi. Ularning aksariyati o‘z muammolarini shularning yo‘qligi bilan bog‘lashadi, qandaydir siyosiy qarorlar bilan emas. Ular uchun bu maishiy hayotini yaxshilash masalasi.

    O‘zbekistonda nogironligi bor insonlarning huquqlarini ta’minlash haqida qonun-qoidalar mavjud bo‘lsada, aslida bu odamlar infratuzilma va ommadagi stereotiplar tufayli jamiyat faoliyatida to‘liq ishtirok eta olishmaydi. Nogironligi bor insonlar “muammo” emas, balki “jamiyatning to‘laqonli qismi” bo‘lishi uchun Kovensiya juda zarur. Uning maqsadi – barcha fuqarolar uchun o‘z haq-huquqlaridan foydalanishda teng imkoniyatlarni beradigan inklyuziv jamiyat yaratish. Konvensiya davlatning barcha dasturlarda nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish va ularning hayotning barcha sohalariga va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha masalalarida ishtirok etishlarini ta’minlash majburiyatini belgilaydi.

    Sherzod Sodiqov,

    Jahongir Kabirjonov,

    Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari

    Reklama huquqi asosida.

    19.12.2019, 15:00   Izoh (0)   31210
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zmilliybank va Frontera Capital (Buyuk Britaniya) 953 mlrd so‘m miqdorida kredit bitimini imzoladi

    19.12.2019, 13:30

    “Eco Sergeli”. Yangicha hayot hududi

    19.12.2019, 12:00

    Apteka.uz yangi saytni ishga tushirib, shifokorlar uchun aksiya e’lon qiladi

    19.12.2019, 10:30

    Sochimdan ham, yuzimdan ham endi ko‘nglim to‘q

    19.12.2019, 09:00

    Milliy tiklanishdan — Milliy yuksalish sari birmiz, qo‘lni qo‘lga beramiz!

    18.12.2019, 18:00

    “O‘zmilliybank” “Gazprombank” hamkorligida seminar trening o‘tkazdi

    18.12.2019, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suvaysh kanalida neft kemasi cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 2 iyul, 16:10

    “Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

    Sport | 2 iyul, 15:55

    Toshkentda Rohat aylanma yo‘li vaqtincha yopilgani sabab tirbandliklar yuzaga keldi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 15:48

    Eron rasman MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 15:45

    Malida “Al-Qoida”ga aloqador hujum sabab 80 nafar jangari o‘ldirildi

    Dunyo | 2 iyul, 15:35

    Hayot uchun xavfli: nima uchun tor kelib qolgan kiyimlardan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 2 iyul, 15:20

    HAMAS Trampning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 2 iyul, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.