“Toshkent” fond birjasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “Hamkorbank”ning 225 million dona oddiy aksiyasi sotuvga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Spot.
Bitta aksiyaning boshlang‘ich narxi — 45 so‘mni tashkil etadi. Paket “Hamkorbank” ustav kapitalining 1,07 foizini tashkil qiluvchi Alskom kompaniyasiga tegishli.
Aksiyalar fond birjasi auksionining muzokaralar sho‘basida sotiladi. So‘rovlar qabul qilishning oxirgi kuni — 23-dekabrga belgilangan.
Sotuv bilan Portfolio kompaniyasi shug‘ullanadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar birja saytiga yuklangan.
Izoh (0)