• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurman “Tahsin” mukofotini qo‘lga kiritdi

    “Daryo” internet nashri fotomuxbiri Madina Nurman “Tahsin” tanlovining “Ommaviy axborot vositalari sohasidagi faolligi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Tahsin” mukofotining taqdirlash marosimi “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkazildi.

    Tadbirda davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi yetakchilari, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Tanlovga noyabr oyi davomida vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi, fan-ta’lim, ijtimoiy soha, san’at, madaniyat, jurnalistika hamda sport sohalaridagi 22 ta nominatsiya bo‘yicha 500 nafar nomzod tavsiya etilgan edi.

    “Tahsin” mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimini Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ochib berdi. Ilk mukofotni “Qurolli Kuchlar sohasida O‘zbekiston nufuzini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy viloyati DXX Chegara qo‘shinlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yetakchilar Kengashi raisi Zumrad To‘rayeva va Mudofaa vazirligining xalqaro “Armiya—2019” tanlovida g‘olib bo‘lgan tankchilar ekipaji qo‘lga kiritdi.

    “O‘zbek tilida masofaviy ta’lim olish imkoniyatlari rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasiga “Xan Akademiyasi” munosib topildi.

    “Ilm-fan sohasini rivojlantirishdagi kuchli irodasi va matonati uchun” mukofotini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi” direktori Ra’no Shodiyeva topshirdi. Mazkur nominatsiyada ko‘zi ojizlar uchun brayl alifbosidagi ingliz tilidagi ilk o‘quv qo‘llanmani yaratishda hissa qo‘shgan Xurshid Toshev g‘olib bo‘ldi.

    “San’at sohasidagi iqtidori uchun” nominatsiyasi bo‘yicha ko‘zi ojizlar musiqa maktabi o‘qituvchisi, xalqaro tanlov g‘olibi, pianinochi Sevara Mirsiddiqova g‘alaba qozondi.

    “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashabbuskorligi uchun” Shohijahon Dehqonovga mukofotni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Inha universiteti bosh menejeri Hilola Umarova topshirdi.

    Atrof-muhit ozodaligini ta’minlashdagi tashabbuskorligi uchun” nominatsiyasida Hashar week loyihasi asoschisi Suna Pak va Jarqo‘rg‘onda o‘rmonzor yaratgan Namoz Jumayev zafar quchdi. Ularni Smartgov Consulting tashkiloti rahbari, bloger Aziza Umarova va bloger Nikita Makarenko taqdirladi.

    “Haykaltaroshlik yo‘nalishi rivojidagi tashabbusi uchun” Bahrom Norboyev, “Kitobxonlikni rivojlantirishdagi tashabbusi uchun” Asaxiy books asoschisi Firuz Allayev, “Ommaviy axborot vositalari sohasidagi faolligi uchun” nominatsiyalarida “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurmanova g‘olibga aylandi. Jurnalist Baxtiyor Nasimov, “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi, “Chegarasiz” loyihasi qahramoni Mahliyo O‘roqova hamda bloger Dima Qayum sovrindorlarga muvaffaqiyat tiladi.

    “Mamlakat sport imijini ko‘tarishda qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni futbolchi Eldor Shomurodov va og‘ir atletikachi Kumush Fayzullayeva qo‘lga kiritdi. Gimnastika bo‘yicha jahon chempioni Oksana Chusovitina va Sport sharxlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev sportchilarni samimiy qutladi.

    “Bolalar va yoshlar o‘rtasida volontyorlik harakati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha mukofot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Ibrohim Hojiyev va ekspert Dilfuza Qurolova tomonidan Jizzax viloyati vakili, 2018/2019-o‘quv yilida Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti sardori Dilshod Sharofov va Toshkent shahri “Vremya Chudes” volontyorlik harakati asoschisi Shirin Abidovaga topshirildi.

    “Tadbirkorlik yo‘nalishida ko‘rsatgan tashabbusi uchun” Toshkent shahri Navoiy viloyatida ho‘l va quruq mevalar eksporti bilan shug‘ullanuvchi Teodora Goods hamda Teodora Grupp MChJlari rahbari Dildora Atajonova va MFaktor loyihasi asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar taqdirlandi. MFaktor loyihasi asoschilari taqdim etilgan 10 million so‘m miqdoridagi mukofot pulini bloger Dima Qayum kutubxonasi ravnaqi uchun sovg‘a qildi.

    “Yuksak mehr va e’tibor uchun” yo‘nalishida Toshkent shahri “Mehrli qo‘llar” loyihasi muallifi Bahrom Aliyev, “Mehribon yurak” aksiyasida yurak xastaligiga chalingan, jarrohlik amaliyotiga zarurati bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan 14 nafar bolaga beg‘araz jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bosh shifokor Murod Ahmedov, “Yoshlar” telekanalida “7-qadam” xayriya loyihasi muallifi Hamza Jumayev hamda “Kun.uz” internet nashri xayriya loyihasi asoschilari e’tirof etildi.

    “Yuksak insoniylik, mardlik va jasorati uchun” nominatsiyasiga Olamafro‘z Abdullayev munosib topildi. Mukofotni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa’dullayev topshirdi. Olamafro‘z Rossiya federatsiyasining Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida yuz bergan baxtsiz hodisada o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib 8 nafar insonni birinchilardan bo‘lib qutqargan. Ushbu qahramonligi uchun Chelyabinsk viloyati tomonidan “Speshite delat dobro” medali bilan taqdirlangan.

    Tanlov g‘oliblarining har biri 10 million so‘mdan pul mukofoti, statuetka hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati
    18.12.2019, 17:27   Izoh (0)   13771
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda jahon talablariga javob beruvchi uchta golf klubi tashkil etiladi

    18.12.2019, 16:59

    O‘zLiDePdan deputatlikka nomzod saylovchilarga arzon narxda un va yog‘ sotgani uchun javobgarlikka tortildi

    18.12.2019, 16:27

    Yunusoboddagi metro qurilishida o‘pirilish yuz bergan joy ayni daqiqalarda (video)

    18.12.2019, 16:12

    Yunusoboddagi metro avariyasida kamida 2 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda

    18.12.2019, 15:53

    O‘zbekiston Prezidenti va birinchi xonimi Tokioda qanday kutib olindi? (foto)

    18.12.2019, 15:42

    Turkiya kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasi negizida 5 yulduzli mehmonxona qurmoqchi

    18.12.2019, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda ayol farzandi bilan tortishib qolgan bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:55

    Yevropa Ittifoqi byudjetining 20 foizi Kiyevga yo‘naltiriladi — DW

    Dunyo | 18 iyul, 17:45

    Los Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlarida boks bahslarining o‘tkazilish sanasi va joylari ma’lum qilindi

    Sport | 18 iyul, 17:45

    Toshkent yoki Samarqand — qaysi shaharda yashash arzon va qulay?

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:35

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.