• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Odamlar kerakli narsa qimmatlayverishidan charchadi

    Tashqi savdo, eksport-import operatsiyalari iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Dunyoda aholisini barcha turdagi mahsulotlar bilan ichki ishlab chiqarish orqali to‘liq ta’minlaydigan biror mamlakat yo‘q. Iqlim, geografik joylashuv, tabiiy resurslar, ilmiy-texnik imkoniyat, infratuzilmaning turlichaligi ishlab chiqarish sanoatida ham sezilarli tafovutni yuzaga keltiradi. Natijada xalqaro tovar almashish faollashadi — mahsulot va xizmatlar mamlakat tashqarisiga eksport qilinadi va chet el tovarlari, texnologiyalar ichki bozorga import qilinadi. Bu normal holat.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, mamlakat tashqi savdosida eksport va import muvozanatini saqlash, pirovardida xalqimiz farovonligini oshirish bizning asosiy maqsadimiz bo‘lishi lozim.

    Ayni kunda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi omil sifatida eksportga yetarlicha imtiyoz va preferensiyalar berilayotgan bo‘lsa-da, import siyosatida bo‘shliqlar mavjud. Bu jarayon bojxona bojlari, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va boshqa ma’muriy to‘siqlar bilan chegaralangan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “ibtidoiy usul”da (proteksionestik) himoya qilinishi import boj stavkalarini yuqoriligini keltirib chiqargan. To‘g‘ri, mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, uskuna, butlovchi qismlar, dori vositalari, tibbiy texnika va hokazolar boj to‘lovlaridan ozod qilingan. Ammo aholining kundalik iste’molida birlamchi o‘rin tutuvchi muhim ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan tovarlar uchun alohida bojxona boji va to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli stavkalar o‘rnatilmagan. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo tahlili ham amaldagi bojxona bojlari stavkalari iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Zotan, ichki bozorda qaysidir tovarning muqobili yo‘qligi yoki kamligi, uni chetdan olib kelishda yuqori boj to‘lovlari belgilangani odamlarni yuqori narxdagi, sifatsiz mahsulotlarni xarid qilishga majbur etadi.

    Xalq demokratik partiyasi xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish, mamlakatimizda yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotgan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar uchun bojxona boji va to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli stavkalarni o‘rnatish zarur, degan tashabbusni ilgari suryapti.Joylarda tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqaruvchilar va biznes vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotlar chog‘ida ham aholining birlamchi zarur tovarlar(masalan, don, un, go‘sht va boshqalar)ning narxlari oshayotganidan noroziligi, chet eldan tovarlarni olib kirish qimmatga tushayotgani, haligacha import tovarlariga noto‘g‘ri munosabatda bo‘linayotgani ayon bo‘ldi. Vaholanki, xalqaro amaliyot ichki bozorni turli iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalashga qaratilgan proteksionizm siyosati bugun eskirgani, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida to‘siqlar keltirib chiqarishi, savdo erkinligi, iste’molchi huquqlariga putur yetkazishini ko‘rsatmoqda.

    Demak, zarur o‘rinlarda importni qo‘llab-quvvatlash; bozor qonuniyatlari, aholi ehtiyojini inobatga olish tamoyillari asosida import boji stavkalarini qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish zarur.Shuni inobatga olgan holda mamlakatimizda yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotgan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar uchun bojxona boji va to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli stavkalarni o‘rnatish nihoyatda dolzarb vazifadir.

    Bozorlarda to‘kinlik va arzonchilik bo‘lishi, kundalik zarur tovar va xizmatlar narxlari hamda tariflari belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligi ichki va tashqi savdodagi erkinlik, qulay shart-sharoit orqali amalga oshadi. Buning uchun avvalo, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarning narxlari hamda ro‘yxatini belgilash davlat tomonidan tartibga solinishini qonuniy jihatdan mustahkamlash kerak. Kundalik turmush uchun zarur mahsulotlar narxining barqarorligi aholining milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni ham oshiradi. Oddiy xodimning oylikdan oylikkacha bo‘lgan xarajatlari teng va to‘g‘ri taqsimlandi.

    Shuningdek, tabiiy xomashyo, deylik, ruda va muhim ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan un-don kabi mahsulotlariga imtiyozli (0 foizli), birlamchi bo‘lmagan, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tovarlarga yuqori foizli boj stavkalari o‘rnatilishi maqbul. Shu orqali zarur mahsulotlarga keng yo‘l ochiladi, ekologiya, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarning yo‘li to‘siladi. Qolaversa, import o‘rnini bosuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot ishlab chiqaruvchilarga import tovarlaridan olinadigan daromadlarning bir qismini imtiyozli kredit berishga yo‘naltirish tartibini joriy etish ham maqsadga muvofiq.Bojxona stavkalari optimallashtirishi iqtisodiyotning liberallashuvi, erkin bozor mexanizmlari to‘laqonli ishlashini kafolatlaydi. Bu esa iqtisodiy rivojlanish, aholi turmush darajasi yuksalishiga xizmat qiladi. Biz mustaqil

    O‘zbekistonning xalqaro bozorda o‘z o‘rnini yanada mustahkamlashini istar ekanmiz, aholiga birlamchi ehtiyoji uchun zarur tovar va xizmatlarni arzon narxlarda yetkazib berishimiz, talab va taklifni hisobga olgan holda bozorlarda barqarorlikni ta’minlashimiz lozim, deb hisoblaymiz.

    Biz har bir insonning hayotiy ehtiyojlari kafolatli ta’minlanishi tarafdorimiz!

    Ravshan Xomitov, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri

    Reklama huquqi asosida.

    14.12.2019, 15:00   Izoh (0)   60200
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand Darvoza, Compass va Eski Shaharda WinWinter Yangi yil lotereyasi

    14.12.2019, 12:00

    “O‘zmilliybank tizimida korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” mavzusida seminar tashkil etildi

    14.12.2019, 10:30

    Tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar diqqatiga!

    14.12.2019, 09:00

    Salbiy axborotlar bolalar psixologiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    13.12.2019, 18:00

    AKFA kompaniyalari guruhi bazalt tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni ishga tushiradi

    13.12.2019, 15:00

    Eksklyuziv taklif: Hech qanday imtihonlarsiz grant asosida o‘qish, oylik stipendiya va bepul turar joy!

    13.12.2019, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00

    Roberto Badjoning noaniq zarbasi, Messi va Suaresning kutilmagan yurishi. Futboldagi penalti qoidasi haqida

    Futbol | 29 iyun, 21:42

    “Komadagi Oliy Majlisni tiriltirish kerak” — Hamid Sodiq davlatning tashqi bosimlarga dosh berishida parlament o‘rni muhimligini aytdi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 21:25

    Superliga. “Bunyodkor” dramatik o‘yinda “So‘g‘diyona” ustidan g‘alaba qozondi

    Sport | 29 iyun, 21:17

    Buyuk Britaniya portida 2,4 tonna kokain aniqlandi

    Dunyo | 29 iyun, 20:35

    Tanzaniyada avtobuslar yonib ketishi sabab 38 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 29 iyun, 19:40

    “Real” rahbariyati Vinisusning g‘alati harakatlari yuzasidan izoh so‘radi

    Sport | 29 iyun, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.