Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2019-yilning 1-iyul holatiga avtokreditlar bo‘yicha 85 ming kishi qarzdor bo‘lgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: Spot

Foto: Spot

Ma’lum qilinishicha, mazkur ko‘rsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan 2,9 martaga, 2017-yilga nisbatan esa 12 barobarga ko‘p. Yopilmagan avtokreditlarning umumiy soni 4518 tani tashkil qilgan bo‘lib, bu 2018-yildagiga nisbatan 2,7 marta, 2017-yilga nisbatan esa 19 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

Avtokreditlar bo‘yicha qarz yuki, ya’ni kredit bo‘yicha oylik to‘lovlarning qarz oluvchining oylik daromadiga nisbati 67,3 foiz holatda tavsiya etiladigan darajadan yuqori bo‘lgan. Bu barcha kredit turlari ichida eng yuqori daraja hisoblanadi.

Qarz oluvchilarning katta qismi, ya’ni 30,5 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlardan Navoiy viloyati 7 foiz bilan va Toshkent viloyati 6,8 foiz bilan joylashgan. Avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 24 foizni, qarzni so‘ndirishning o‘rtacha muddati esa 3,4 yilni tashkil qiladi.

Markaziy bank tomonidan qayd etilishicha, xalqaro tajriba bunday muammoli holatning xavfli ekanligini ko‘rsatadi. U aholining ijtimoiy-moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Shu munosabat bilan, aholining qarz yuki haddan ortiq oshib ketishining oldini olishga qaratilgan hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjatga ko‘ra, jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshishi mumkin emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi