Xitoy janubi-g‘arbida Chunsin viloyatidagi Caojiawan metrosida begona o‘tlar bosib ketgan chakalakzorga aylangan, bekatga avtomobil yo‘llari orqali borib bo‘lmaydi va jamoat transportida ham yetib olish imkonsiz. Garchi manzil tashlandiq holatda bo‘lsa ham, 2015-yilda ochilgan metro bekati faoliyatini hali ham davom ettirmoqda. Caojiawan bekati Chunsin metrosining oltinchi shahar tashqarisidagi hududlarni markaz bilan bog‘laydigan yo‘nalishida joylashgan.
Bekatdan 3 ta chiqish yo‘lagi orqali tashqariga chiqiladi, lekin yo‘lovchilar ushbu yo‘laklarning faqat bittasidan foydalanadi.
Qolgan ikki chiqish yo‘li sahroga olib chiqadi, yo‘lovchilar uylariga yetib olish uchun furgondan foydalanadi.
Metroning ichki tomoni zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi.
Bekat xodimlari ham ushbu stansiyada tushuvchi yo‘lovchilar sonining u qadar ko‘p emasligini bildiradi.
Bekatning tig‘iz paytdagi holati. Minglab odamlar poyezd kelishini kutadigan Pekinning gavjum metrosi bilan solishtirganda Caojiawan stansiyasi sokinligi va odam gavjum emasligi bilan transportdan foydalanuvchilarning orzu bekati deya atash mumkin.
China Plus ma’lumotiga ko‘ra, metroni rivojlantirish va Xitoyda yo‘llarning qurilishi bilan turli vazirliklar shug‘ullanadi. Yaqin yillarda shahar rejalashtirish departamenti metroga yetib olishni va Caojiawan bekati yonida turar joylar qurilib, yangi mavze qad ko‘tarishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)