Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 15-turi doirasida 5-dekabr, payshanba kuni so‘nggi 2 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.
Fredrik Yungberg qo‘l ostiga o‘tgan Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts”da “Brayton”ni qabul qildi.
Belalshuvning 36-daqiqasida mehmon jamoa himoyachisi Adam Uebster hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqaga kelib “to‘pchilar” hujumchisi Aleksandr Lyakazett Mesut O‘zil uzatmasini golga aylantirdi (1:1). 80-daqiqada esa fransiyalik hujumchi Nil Mope “Brayton”ni hisobda oldinga olib chiqdi (1:2).
Shu tariqa o‘yin London klubi o‘z maydonida kechgan bahsda “Brayton”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” 19 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. “Brayton” esa ochkolari sonini 18 taga yetkazib, 13-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
15-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
15-tur bahslari
5-dekabr, payshanba
“Sheffild Yunayted”—“Nyukasl” 0:2
Gollar: 0:1 — 15 Sen-Maksimen, 0:2 — 70 Shelvi“Arsenal”—“Brayton” 1:1
Gollar: 0:1 — 36 Uebster, 1:1 — 50 LyakazettYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)