• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston aeroportlari kimga nasib etadi? Rossiya kompaniyasi bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan

    O‘zbekistonning ayrim aeroportlari Rossiyaning “Novaport” kompaniyasiga topshirilishi haqida xabar berilgan edi — 2019-yil may oyida imzolangan hadli bitimga muvofiq, shirkat Samarqand, Namangan va Urganchdagi aeroportlarni modernizatsiya qilishga kirishishi kerak edi.

    Reja bo‘yicha birinchi bo‘lib Samarqand aeroporti rekonstruksiyadan chiqarilishi kerak: 2022 yilda shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini qabul qiladi, bu Samarqandning postsovet davrida qabul qilgan birinchi eng yirik tadbiri bo‘ladi.

    Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, rekonstruksiya ishlari uchun qo‘yilgan muddat “juda qisqa”. Namangan va Urganch aeroportlari modernizatsiyasi uchun ko‘proq — taxminan besh yildan vaqt ajratilgan.

    Ushbu loyihalarda rossiyalik investorning ishtirok etishi MDHdagi xususiy egasi yoki investori yo‘q, biroq samaradorligi yuqori so‘nggi infratuzilmaviy aktivlardan biri — Toshkent aeroporti boshqaruvini qo‘lga kiritish yo‘lidagi ilk qadamlardan biri sifatida ko‘rilayotgan edi.

    Biroq, Rossiyaning “Kommersant” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati va “Novaport” o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Hukumat ushbu aeroportlarni investor so‘rayotganidek 30 yil muddatga konsessiyaga berishga tayyor emas.

    “Kommersant”ning yozishicha, O‘zbekiston hukumati boshqa investor izlash ishlarini allaqachon boshlab yuborgan, xususan, dekabr boshida Yaponiyaning Sumitomo korporatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

    Spot ma’lumotlariga ko‘ra, bunda gap O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqovning 3-dekabr kuni Sumitomo Corporation rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida bormoqda.

    Ushbu uchrashuvda haqiqatan ham mintaqaviy aeroportlarni modernizatsiya qilish va ularni boshqarish, sanoat va transport-logistika infratuzilma obyektlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

    “Kommersant”ning yozishicha, “Novaport” hali muzokaralardan chiqqani yo‘q va O‘zbekistondagi aktivlarga hamon qiziqish bildirmoqda. Nashrning muzokaralar jarayonidan boxabar manbasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “Novaport” va O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv taxminan ikki oy avval bo‘lib o‘tgan va konsessiya muddati haqidagi masalada to‘xtab qolgan.

    “Kommersant” ma’lumotlariga ko‘ra, “Novaport” O‘zbekiston aeroportlarini 30 yildan ko‘proq muddatga olishni xohlamoqda, O‘zbekiston rasmiylari esa bunga mutlaqo qarshi.

    “Novaport”ni nazorat qiluvchi AEON xoldingi egalaridan biri Roman Trotsenkoning ta’kidlashicha, kompaniya O‘zbekiston hukumati bilan muzokaralarni to‘xtatmagan: “Aeroportlarga qiziqish hali ham bor. Ayni vaqtda mamlakat hukumati bu aktivlar bilan o‘zi mumkin deb hisoblagan ishni qilishga haqli”.

    O‘zbekiston aeroportlarini SSSR parchalanib ketganidan to 2018 yilga qadar — Prezident Shavkat Mirziyoyev aviatashuvchini Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports’ga ajratish to‘g‘risidagi farmonni imzolagunicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi tomonidan nazorat qilingan.

    Uzbekistan Airports oktabr oyida tashkil etilgan. Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand aeroportidagi yillik yo‘lovchi oqimi 0,5 million kishini tashkil etadi. Namangan va Urganch aeroportlari bo‘yicha ochiq manbalarda ma’lumot yo‘q.

    “VTB Kapital” eksperti Yelena Saxanova Samarqand aeroportiga kiritilishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar taxminiy hajmini 300—500 million dollarga baholamoqda. “Kommersant” suhbatdoshlari O‘zbekiston aeroportlariga kiritilishi kutilayotgan investitsiya “Novaport”ning yirik loyihalari qatoriga kiritilgan, biroq aniq summa oshkor qilinmagan.

    Aeroportlarning yapon kompaniyasiga berilishi ehtimoli haqida fikr bildirarkan, “Kommersant”ning aeroport sohasidagi suhbatdoshlari yaponlarning ustunligi texnologiyalar va xalqaro kapitaldan foydalanish imkoni borligida bo‘lishi mumkinligini qayd etib o‘tdi.

    Biroq, “Kommersant” manbalaridan birining qayd etishicha, yapon korporatsiyalari “sifatli ammo uzoq qurishadi, ular yopirilib ishlashga o‘rganmagan”, shu bois investitsiya kiritishning shoshilinch muhlati va konsessiyaning qisqa muddatiga ularning ham rozi bo‘lishi ehtimoli kam.

    Yelena Saxanovaning ta’kidlashicha, aeroportlarga kiritilgan investitsiyalar odatda 10—15 yilda, yirik loyihalar esa 15—20 yilda va undan ko‘proq muddatda o‘zini oqlaydi. Shu jihatdan olib qaraganda, Saxanovaning fikricha, “Novaport” so‘rayotgan muddat asoslidek ko‘rinadi. Boshqa tomondan esa, Yaponiya tomonida texnologik jihatdan ustunlik bo‘lishi mumkin.

    05.12.2019, 10:52   Izoh (0)   33701
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryolik o‘qituvchi kaltaklagan o‘quvchisidan uzr so‘radi

    05.12.2019, 10:39

    Toshkentda metro va uch qavatli ko‘prik qurilishi gaz taqchilligini keltirib chiqardi

    05.12.2019, 10:25

    Toshkent shahar IIBB og‘ir ahvolda qolgan keksa ayolga yordam ko‘rsatdi (foto+video)

    05.12.2019, 09:56

    O‘zbekistonda bir-birining OITS bilan kasallanganligini bila turib oila qurganlar bor. Shu oilalardan biri intervyu berdi

    05.12.2019, 09:28

    Farg‘onada yuqori sinf o‘quvchisi maktabdoshi bo‘lgan 3-sinf o‘quvchisini zo‘rladi

    05.12.2019, 09:11

    Sirdaryo va Toshkentda 420 mln so‘mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

    05.12.2019, 08:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.