• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Fizika o‘qituvchisi matematikadan, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi esa rus tilidan dars beradi”. Yakkabog‘dagi maktabda dars soati sotilishi aytilmoqda

    Yakkabog‘ tumanidagi 66-maktab o‘qituvchilari maktabda sog‘lom muhit yo‘qligi, fizika fani o‘qituvchisi matematika fanidan, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi esa rus tilidan dars berishini aytib, xalq ta’limi mutasaddilarini dars soatlarini sotishda ayblamoqda. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan o‘qituvchilardan biri Mahfuza Rahimova bunda tuman xalq ta’limi mudiri Uzoq Nurmatovning “qo‘li borligi”ni ta’kidlamoqda.

    Foto: “Daryo”

    — Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri dars soatini sotadi, — deydi Mahfuza Rahimova.

    Dars soati sotilishidan shubhalanayotgan o‘qituvchining aytishicha, mudir ishdan tashqari payt — oqshomda maktabga kelib sinf rahbarlikka da’vogar o‘qituvchilarga savol bergan va faqat o‘zi qo‘llab-quvvatlagan o‘qituvchidan javob eshitgan. Mahfuza Rahimova javob berishga harakat qilib, qo‘l ko‘tarsa ham e’tibor bermagan. Va natijada o‘sha o‘zi qo‘llagan o‘qituvchiga sinf rahbarlikni topshirib ketgan.

    Mahfuza Rahimova

    Mahfuza Rahimova
    Foto: “Daryo”

    — 7 ta metod birlashma bor, o‘shalar imtihon qilishi kerak bo‘lgan ishni mudirning o‘zi qilyapti, — deydi Mahfuza Rahimova. — Nega? Chunki bu yerda manfaatdorlik bor. Mudir direktorlar bilan kelishib, o‘zining odamlariga dars soatlari-yu sinf rahbarlikni topshirib ketyapti.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatashgan 66-maktab o‘qituvchilarining ma’lumot berishicha, mudirdan o‘rnak olgan maktab rahbari ham tanish-bilishchilik qilib, fizika fani mutaxassisligiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga matematika darslarini topshirib qo‘ygan. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi esa rus tilidan dars beradi.

    Foto: “Daryo”

    — Fizika fani o‘qituvchisi 3 yil davomida matematikadan dars berib keldi, — deydi o‘qituvchilar. — Mutaxassis bo‘lmasa ham dars soatlari o‘sha o‘qituvchiga topshirib qo‘yildi. Maktabimizda korrupsiya ildiz otgan.

    Maktab direktorining tan olishicha, haqiqatan ham fizika mutaxassisi maktabda matematika fanidan dars berib kelgan. Ammo yaqinda o‘qituvchiga berilgan dars soatlari olib qo‘yilgan.

    Muxtor Soliyev

    Muxtor Soliyev
    Foto: “Daryo”

    — 13 soat matematika darsini haqiqatan ham fizika o‘qituvchisi o‘tardi, lekin yaqinda “olib tashladik”, — deydi Muxtor Soliyev.

    Maktab o‘qituvchilarining ta’kidlashicha, boshlang‘ich sinflarga o‘tilishi kerak bo‘lgan tabiat fanini ham geografiya mutaxassisligiga ega bo‘lgan yuqori sinf o‘qituvchisi o‘tadi.

    — O‘zi boshlang‘ichlarga dars soati yetmaydi, shunday bo‘lsa-da boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘tishi kerak bo‘lgan  tabiat fani geografiya o‘qituvchisiga berib yuborilgan, — deydi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Baxtigul G‘ofurova hamda Xolida Xudoyqulova. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullariga ham shu bo‘yicha murojaat qilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiatshunoslik fanini kim o‘tishi kerakligini so‘radik. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari deyishdi. Ammo direktor bunday fikrda emas.

    Xolida Xudoyqulova

    Xolida Xudoyqulova
    Foto: “Daryo”

    — 18 yildan beri o‘qituvchilik qilaman, ammo ayni kunda bor-yo‘g‘i 2 soat dars berishgan, — deydi o‘rta-maxsus ma’lumotli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Feruza Panjiyeva. – To‘g‘ri, oliy ma’lumot olsam ko‘paytirishar, ammo ish tajribamga ham e’tibor berishsa bo‘lardi-ku. “Zavuch”ning menda xusumati bor. Hatto menga qo‘l ko‘tarishgacha borgan.

    Feruza Panjiyeva

    Feruza Panjiyeva
    Foto: “Daryo”

    Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shoira  Samadova o‘qituvchi Feruza Panjiyeva bilan kelishmovchilikka borganini tan oldi, ammo qo‘l ko‘targanini rad etdi.

    — To‘g‘ri, o‘rtamizda dars soatlari sabab kelishmovchilik bo‘lgan, ammo qo‘l ko‘targanim yolg‘on, — deydi Shoira Samadova. — Aksincha, uning o‘zi meni sinfxonaga qamab, chiqarmaslikka harakat qildi.

    Maktab rahbariyatining ma’lumot berishicha, maktabda ayni kunda 645 nafar bola tahsil oladi. Maktabda dars beruvchi 58 nafar o‘qituvchining 34 nafari boshlang‘ich sinf o‘qituchilari.

    — Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarimiz hech tinchimadi, tinchimadi-da, — deydi maktab direktori. — Nima qilishga ham hayronman.

    Baxtigul G‘ofurovaning fikricha, bunga maktabdagi adolatsizlik sabab. Maktabda o‘qituvchilar o‘rtasida dars talashuvlari avj olgan. Va oqibatda hatto o‘quvchilar ham o‘qituvchilarni hurmat qilmay qo‘ygan.

    Baxtigul G‘ofurova

    Baxtigul G‘ofurova
    Foto: “Daryo”

    — Maktabda qadrimiz yo‘q, maktab rahbari va o‘rinbosarlari adolatsiz ish yuritadi. Eng achinarlisi, maktabdagi mashmashalar va dars tashaluvlari sabab hatto o‘quvchilar ham bizni hurmat qilmay qo‘ydi. Zalda o‘tayotgan payti bizni turtib o‘tishmoqda. Umuman qo‘rqishmaydi va hurmat qilishmayapti.

    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Xolida Xudoyqulovaning ta’kidlashicha, maktabdagi ushbu muhitga maktab rahbariyati aybdor.

    — Rahbarlar uquvsiz, shu boisdan ham biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan rahbar qo‘yilishi tarafdorimiz, — deydi Xolida Xudoyqulova.

    Taassufki, maktabda dars soatlari talash bo‘layotgan bir paytda o‘qituvchilarning o‘tilmagan darsi uchun haq to‘lash holati ham mavjud ekan.

    Shahnoza Ergasheva

    Shahnoza Ergasheva
    Foto: “Daryo”

    — Sentabr oyida menga 9 soatga haq to‘lashgan, ammo 6 soat dars o‘tganman, — deydi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shahnoza Ergasheva.

    Mutasaddi buni quyidagicha izohlamoqda.

    — Oylik ish haqlarini hisoblash vaqti kelganda hisobchi dastlabki ma’lumotga tayanib, o‘qituvchimizga 9 soatga haq to‘lagan, — deydi Shoira Samadova. – Ammo keyingi oyda ortiqcha to‘langan pul ushlab qolinishi kerak edi. Ammo keyingi oy ushlab qolindimi yoki yo‘qmi buni aniq bilmayman.

    Shoira Samadova

    Shoira Samadova
    Foto: “Daryo”

    Ushbu hududda istiqomat qiluvchi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Oybek Karimov hamda tarix fani bo‘yicha magistr diplomiga ega Murodulla Yusupovlar maktabdan dars berilmayotganidan shikoyat qilib, ishga kirishda tanish-bilishchilik borligiga sha’ma qilmoqda.

    — Qishlog‘imizdan 8-10 kilometr uzoqlikdagi maktabga qatnab ishlayman, — deydi Oybek Karimov. – Qish paytida qatnayman deb sog‘lig‘imni yo‘qotdim, yuzimdagi nerv tomirlarim shamollab, asoratlari qoldi. Mudirga qatnayverib, charchadim. Qishlog‘imizdagi 66-maktabdan dars bering desam, bir yil ishlab turing deb 24-maktabga yuborishgandi. Haligacha dars bermay sarson qilishyapti. “Zavuch” va boshqalar darsni bo‘lib olishib, bizga imkon  berishmayapti. Men ham qishlog‘imda ishlashni, elimga nafim tegishini istayman. Tuman xalq  ta’limi bo‘limi mudiri bizni eshitmaydi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbariga ham qatnab charchadim. Topolmayman.

    Oybek Karimov

    Oybek Karimov
    Foto: “Daryo”

    Ushbu qishloqdan chiqqan va tarix fanidan magistr diplomiga ega Murodulla Yusupov qishlog‘idagi ushbu maktabda tarix fanidan ortiqcha dars soatlari bo‘lishiga qaramasdan qo‘shni qishloqdagi 65-maktabga qatnab ishlashga majbur bo‘layotganini aytmoqda.

    — Sotsiologiya mutaxassisligiga ega o‘qituvchi, tarixdan dars o‘tyapti, men ham mutaxassisman, qishlog‘imda ishlashni xohlayman, — deydi Murodulla Yusupov.

    Murodulla Yusupov “Daryo” muxbiriga murojaat qilgani va muammo haqida aytgani bois direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shoira Samadovaning tahdidiga uchrayotganini bildirmoqda.

    Murodulla Yusupov

    Murodulla Yusupov
    Foto: “Daryo”

    — Sen yoshlik qilding, hali ko‘rasan, dedi Shoira  Samadova, — deydi Murodulla Yusupov. – Mayli nima deyishsa, nima qilishsa ham. Men faqat haqimni talab qilyapman. O‘zimning qishlog‘imda 2 soat dars berishsa ham mayli. Ishlayman.

    Murojaatni o‘rganar chog‘i, ko‘rgan- kechirganlarimiz o‘qituvchilarning dars talashuvlari-yu maktab rahbariyatining o‘zini oqlashga urinishi ko‘rib, maktabda o‘quvchilar taqdiri, dars sifati hech kimni tashvishlantirmayotganiga guvoh bo‘ldik. Maktab o‘qituvchilarning dardi dars soatini ko‘paytirish bo‘lsa, maktab rahbariyati suvdan quruq chiqishga intilmoqda. Bolalar taqdiri, dars sifati esa keyingi o‘rinlarda. Essiz, essiz...

    Xalq ta’limi vazirligi bunga nima derkin?

    04.12.2019, 09:03   Izoh (0)   33241
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Minsk hayvonot bog‘iga Toshkentdan bir juft sher keltiriladi

    04.12.2019, 08:45

    Andijondagi turfirma tomonidan Umra ziyoratiga jo‘natilgan 14 nafar o‘zbekistonlikning vizasi soxta bo‘lib chiqdi

    04.12.2019, 08:14

    Samarqand, Guliston va Jizzaxda yer osti silkinishlari sezildi

    04.12.2019, 07:59

    Saylovchilar vaqtincha yashash joyida ham ovoz berishda ishtirok etishi mumkinligi ma’lum qilindi

    04.12.2019, 07:14

    Ohangaronda 53 yoshli piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

    03.12.2019, 23:10

    Qozog‘istondan O‘zbekistonga 2019-yilning 10 oyida 308 mln dollar jo‘natildi

    03.12.2019, 22:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Google Docs matnli hujjatlarni sun’iy intellekt podkastlariga aylantirishni o‘zlashtirdi

    Dunyo | 20 avgust, 22:55

    Rossiya Dumasining sobiq deputati G‘arbga 45 mln dollar evaziga maxfiy ma’lumotlarni berganlikda ayblanmoqda

    Dunyo | 20 avgust, 22:40

    Qozog‘istonda xorijiy messenjerlarga taqiq qo‘yilganini rad etildi

    Dunyo | 20 avgust, 22:25

    “Tramp Oq uyda Finlyandiya prezidentini tanimadi va fon der Lyayenni kamsitdi” — OAV

    Dunyo | 20 avgust, 22:15

    “Tolibon” Mozori Sharifda Alisher Navoiy haykalini buzib tashladi — manba

    Dunyo | 20 avgust, 22:05

    Tadqiqot: O‘zbekistonliklar oylik daromadini ko‘proq nimalarga sarflaydi?

    Iqtisodiyot | 20 avgust, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.