Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida neft kompaniyasi xodimlari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi, deb xabar bermoqda Tengrinews.
Qayd etilishicha, voqea 3-dekabr kuni soat 5:25 larda, Qizilo‘rda—Qumko‘l trassasida yuz bergan. Avtobus kompaniyaga qarashli bo‘lib, unda 36 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 21 kishi jabrlangani ma’lum.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilarning barchasi Qozog‘iston fuqarolaridir. Ular orasida bolalar bo‘lmagan.
YTHga yo‘llarning muzlagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Avvalroq Samara—Chimkent yo‘lida 74 nafar yo‘lovchisi bor avtobus YTHga uchradi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham borligi xabar berilgan edi.
Izoh (0)