1-dekabrdan “Katta yigirmalik” rahbarligi Saudiya Arabistoni qirolligi ixtiyoriga o‘tdi. Mamlakat tashkilotga rahbarlik davrida iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash hamda ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ish olib boradi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Foto: France 24

Ar-Riyod barcha odamlar, jumladan ayollar va yoshlar yashash, ishlash va muvaffaqiyatlarga erishishi uchun kurashishni va’da qilmoqda.

Saudiya Arabistoni G20 rahbarligida Yaponiyani almashtirdi. Yigirmalikning keyingi sammiti 2020-yil 21—22-noyabr kunlari qirollik hududida o‘tkaziladi. Bu mazkur tashkilotning Arab dunyosidan ilk yig‘ilishi bo‘ladi.

Saudiya Arabistoni qirolligi dunyoda ikki jins vakillarining huquqiy notengligi ko‘rsatkichi bo‘yicha eng past o‘rinlarda turadi. Valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon hukumat tepasiga kelgach, jamiyatni modernizatsiya qilishga e’tibor qaratildi, ammo ayollar huquqlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarda ularga berilgan yangi huquqlar ko‘p jihatdan mahram erkaklar ishtirokida taqdim qilinmoqda. Xususan, ayollarning yolg‘iz o‘zi xorijga chiqishi taqiqlangan.

Shuningdek, ayollarga erining ruxsatisiz ishga chiqishi, pul sarflashi va uy atrofida sayr qilishi ham taqiqlangan. 2018-yilda Ar-Riyodda ayollarga mashina boshqarish va futbol uchrashuvlariga tashrif buyurish ruxsat etildi.