Meksikada politsiya xodimlari hamda jinoiy guruhning a’zolari o‘rtasuda yuz bergan otishma oqibatida jami 14 nafar odam halok bo‘ldi. Qurbonlarning 4 tasi politsiyachi ekani, olti nafar odamning yaralanib shifoxonaga olib ketilgani va ularning holati barqaror deb baholayotgani xabar qilindi, deb yozmoqda “Kommersant”.
Hodisa Meksika shimolidagi Koauila shtatida ro‘y bergan. Hujum “Shimoli-g‘arb karteli” jinoiy guruhi tomonidan uyushtirilgan. Jinoyatchilar huquq-tartibot idoralari xodimlariga avtomatik quroldan foydalanib zarba bergan. Politsiyachilarga qilingan hujumda qancha odamning ishtirok etgani yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Mavzuga doir: “Men gul eksporti bilan shug‘ullanuvchi kamtarin odamman”. Narkobaron Pablo Eskobarning hayot haqiqatlari
Izoh (0)