Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyaning Versace modalar uyi sotuvga chiqqan yangi futbolka va tolstovkalarida Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy tumanlarini alohida davlat qilib ko‘rsatgani uchun kechirim so‘radi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “News.ru”

Foto: “News.ru”

Versaсe modalar uyi 24-iyuldan boshlab geografik xatolikka yo‘l qo‘yilgan barcha kiyimlarni sotuvdan qaytarib olib, ularni yo‘q qilganini bildirgan.

“Bu bizning xatomiz va sodir bo‘lgan voqeadan qattiq afsusdamiz. Biz Xitoyni yaxshi ko‘ramiz hamda uning hududiy va milliy suverenitetini hurmat qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Foto: “News.ru”

Foto: “News.ru”

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur xatolik sabab modalar uyining Xitoydagi yuzi hisoblangan aktrisa Yan Mi Versace bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan. Aktrisa iyun oyida imzolagan shartnomasini 11-avgust kuni buzgan.

Gianni Versace S.p.A. — 1978-yilda modelyer Janni Versache tomonidan asos solingan Italiya kompaniyasi. Kompaniya kiyim-kechak, parfyumeriya mahsulotlari, soatlar, uy uchun turli tovarlar, aksessuar va boshqa hashamat buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 1997-yilda Janni vafot etgach, konsern boshqaruviga uning kichik singlisi Donatella kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi