Shimoliy Koreya harbiylari yozdan boshlab mamlakatning bir necha aholi yashash punktlarida turli raketalarni uchirishga mo‘ljallangan beton maydonlar qurmoqda, deb xabar berdi “Kommersant.ru”.
Qayd etilishicha, o‘nlab ana shunday maydonlar qurilgan. Ularning aniq soni aytilmagan. Maydonlar uzunligi va kengligi bir necha o‘n metrga yetadi, ulardan qit’alararo ballistik raketalarni uchirishda ham foydalanish mumkin.
Maydonlar betondan qurilmoqda. Buning sababi agar raketa yumshoq tuproqdan uchirilsa, bu uchirish qurilmasining buzilishiga olib kelishi, shuningdek raketa uchish yo‘nalishiga tasir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, raketa uchirish maydonlarining ko‘payishi boshqa mamlakatlar uchun raketaning aniq uchiriladigan maydonini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Izoh (0)