Hipebae muharrirlari o‘tgan moda haftaliklarida yetakchi jahon brendlari namoyishini tahlil qilib, 2019-yildagi eng mashhur trendni aniqladi. Bu haqda Hipebae nashri xabar qildi.

Foto: Scott Gries / AP

Misol uchun, eng mashhur ustki kiyim - dizaynerlar ham yorqin, ham neytral ranglarda taqdim etadigan sun’iy mo‘ynali palto deb topilgan.

Foto: Hypebae

Soch qisqichlar ham 2019-yilda yana urfga kiradi

Foto: Hypebae

Boshga o‘raladigan sharflarning “babushka” uslubi hozirdanoq ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

Foto: Hypebae

Retro uslubidagi obodoklar Prada brendining asosiy aksessuari bo‘lgan. Ular har doim eng zamonaviy bo‘lishda davom etadi.

Foto: Hypebae

Kichkinagina sumkachalar foydasiz ko‘rinsa ham bu yilgi urfning asosiy elementlaridan biri bo‘ladi.

Foto: Hypebae

Kostyum-shim butunlay yangi g‘oya deya aytilmasa ham, moda oyligida asosiy e’tiborda bo‘lgan.

Foto: Hypebae

Chelaksimon shlyapalar quyoshda ham, yomg‘irda ham foydali.

Foto: Hypebae

Bosh kiyimlardan eng jozibalisi panama shlyapasi deb topilgan. Ular ko‘pgina brendlarning to‘plamlariga, xususan, Prada, Burberry, Ambush va Acne Studios’ga kiritilgan.