• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash konsepsiya loyihasi e’lon qilindi

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan “O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga muhokama uchun qo‘yildi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Loyiha shu yilning 21-noyabr kuni normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga qo‘yilgan, qaror loyihasi muhokamasi 6-dekabrga qadar davom etadi.

    Loyihada bir qancha foydali takliflar berilgan.

    Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jamoatchilikni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi ijobiy imijini ilgari surish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish jarayoni va uning natijalari yuzasidan keng xabardor qiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xorijda mamlakatning ijobiy imijini faol ilgari surish bo‘yicha tizimli siyosiy-diplomatik ish olib borilishini ta’minlash yuklatilgan.

    O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash va ilgari surishning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilardir ko‘rsatilgan:

    • xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, xorijiy nodavlat tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan konstruktiv va ochiq muloqot olib borishga tayyorlik;
    • xolislik, tizimlilik, doimiylik va izchillik;
    • ilmiy jihatdan asoslanganlik;
    • o‘zaro ishonch va hurmat, bir-birining manfaatlarini hisobga olish va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
    • ommaviy axborot vositalarining erkinligi va mustaqilligi;
    • tinchlik, insonparvarlik, bag‘rikenglik, inson huquqi va manfaati qadriyatlari g‘oyalariga sodiqlik;
    • hukumat qarorlarini qabul qilishda mamlakatning ijobiy xalqaro imijini mustahkamlash siyosatining asosiy yo‘nalishlarini har tomonlama inobatga olish.
    Imij siyosatining asosiy yo‘nalishlari ham belgilandi:

    Madaniy-gumanitar sohada:

    — O‘zbekistonning dunyodagi ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surishga qaratilgan xalqaro PR-tadbirlarini tizimli tarzda ishlab chiqish va amalga oshirish;

    — mamlakatning “tasviriy“ qiyofasini boyitish maqsadida mintaqalar va mamlakatning madaniy va tarixiy merosini jahon aloqa kanallarida ommaviy ravishda namoyish etish;

    — O‘zbekistonda xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan huquqiy va iqtisodiy sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi axborot portallarini takomillashtirish;

    — raqobatbardosh, sifatli ta’lim tizimini shakllantirish va aholining uzluksiz ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratish, chet el fuqarolarini O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga va kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga jalb etish;

    — O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining reytingini oshirish, ularni dunyodagi eng yaxshi 1000 ta universitetlar ro‘yxatiga kiritish;

    Axborot sohasida:

    — O‘zbekistonning tashqi siyosiy manfaatlarini muntazam ravishda ilgari surish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida milliy raqamli diplomatiyani rivojlantirish va keng targ‘ibot ishlarini olib borish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini va ijobiy imijini mustahkamlash;

    O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini ilgari surishning asosiy mexanizmlari quyidagilardir:

    Ijtimoiy-siyosiy sohada:

    — inson huquqi va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalarga qo‘shilish va ratifikatsiya qilish, xalqaro huqukiy hujjatlar doirasida qabul qilingan majburiyatlarni bajarish, xalqaro me’yorlar va standartlarga rioya qilish;

    — O‘zbekiston nomzodlarini xalqaro tashkilotlar organlari va tuzilmalariga, shu jumladan rahbarlik lavozimlariga ko‘rsatish va ilgari surish;

    — xorijiy jamoatchilik, biznes, ilmiy-akademik, ekspert va media doiralar bilan munosabat va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

    — O‘zbekistonning chet eldagi “do‘stlar doirasi”ni kengaytirish, jumladan, parlamentdagi do‘stlik guruhlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari faoliyati, O‘zbekiston shaharlarining xorijiy shaharlar bilan do‘stona aloqalarini rivojlantirish va respublika viloyatlarining xorijiy mamlakatlar hududlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari orqali;

    — chet elda yashayotgan vatandoshlarimizni O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash faoliyatiga jadal ravishda jalb etish;

    Iqtisodiy va ekologik sohalarda:

    — ichki va tashki davlat qarzini past darajada saqlash;

    — yuqori texnologiyali sanoat va qishloq xo‘jaligiga ega bo‘lgan ilg‘or mamlakatlar qatoriga qo‘shilish;

    — mamlakatning “yashil iqtisodiyotga” o‘tishini jadallashtirish, qayta tiklanadigan va boshqa muqobil energiya manbalarini, ekologik toza, chiqindisiz texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish;

    — O‘zbekiston milliy brendini, shuningdek Respublikaning alohida shaharlari va viloyatlarini, shu jumladan “ziyorat-turizm” brendini yaratish va faol targ‘ib qilish;

    — O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imijini targ‘ib qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar ajratish;

    Madaniy-gumanitar sohada:

    — O‘zbekiston xalq san’ati markazlari va obyektlarini turistik yo‘nalishlarga kiritish;

    — xalqaro ilmiy aloqalarni faol rivojlantirish, shu jumladan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, O‘zbekiston olimlari va mutaxassislarining xalqaro konferensiyalar, simpoziumlarda ma’ruzachilar sifatida ishtirokini kengaytirish;

    — O‘zbekistonning universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari qoshida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar tashkil etish;

    — milliy va xorijiy ijtimoiy-siyosiy, ekspert, ilmiy va ishbilarmon doiralar ishtirokida tematik va ixtisoslashgan platformalar, forumlar, ilmiy klublar (yetakchi universitetlar bilan) tashkil etish;

    — “Imijelogiya“, “Jamoatchilikka yo‘naltirilgan diplomatiya“, “Mamlakat brendi“ kabi ixtisoslashtirilgan dasturlar va fanlarni ishlab chiqish va ularni xodimlarning malakasini oshirish kurslari va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga joriy etish;

    Axborot sohasida:

    — dunyoning yetakchi televideniye, radio va internet ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik o‘rnatish va ular bilan xalqaro maydonda o‘zbek milliy brendlari va O‘zbekistonning ijobiy xalqaro imijini ilgari suruvchi qo‘shma media-mahsulotlar, reklama roliklari, hujjatli filmlar va badiiy filmlarni tayyorlash masalasini ishlab chiqish;

    — turizmni yorituvchi xorijiy sayyohlik operatorlari, jurnalistlar va blogerlar uchun mamlakat bo‘ylab muntazam ravishda reklama va axborot-turlarini tashkil etish;

    — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlatning imij siyosatini samarali amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘radi va chet ellarda mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlash va rivojlantirish ishlariga bosh bo‘ladi.

    Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.

    Konsepsiya va Yo‘l xaritasining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

    01.12.2019, 13:16   Izoh (0)   10873
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sog‘liqni saqlash vazirligi korall kalsiyning onkologik kasalliklarni ham davolashi haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi

    01.12.2019, 12:36

    Rossiyalik vazir O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIga qo‘shilishini aytdi

    01.12.2019, 11:14

    “Necha minut bergansiz, Tanzila opa?”. Senat 24-yalpi majlisining eng qiziq vaziyati

    01.12.2019, 10:34

    Toshkentda egasiz reklama konstruksiyalari demontaj qilinadi

    01.12.2019, 10:13

    “Rais seni hurmat qilarkan”. Tanzila Norboyeva blogerning kesatig‘iga Senat yalpi majlisi davomida izoh berdi

    01.12.2019, 09:32

    “Oila” markazining so‘rovida qatnashgan talaba yigitlarning 30 foizi xotini xiyonat qilsa, kechirishini bildirdi

    01.12.2019, 09:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dam olish kunlariga kinotavsiya: 2000-yillarning eng yaxshi romantik komediyalari

    Kino | 9 avgust, 19:55

    Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 19:47

    “Endi prezidentlikka nomzodimni qo‘ymayman” — Belarus prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 19:35

    “Barselona” Ferran Torres uchun kelgan ikkita taklifni rad etdi

    Sport | 9 avgust, 19:31

    Tanqid va gumonlarga duch kelgan mashhur turk juftliklari

    Kino | 9 avgust, 19:01

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 18:26

    “AQSH harbiylari mamlakatga kiritilmaydi” — Meksika prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 18:15

    O‘zbekiston Ozarbayjon—Armaniston tinchlik kelishuvini olqishladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 17:46

    Ekspert Habib va Konor o‘rtasidagi revansh jang nega o‘tkazilmaganini ochiqladi

    Sport | 9 avgust, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.