“Bunyodkor” klubining darvozaboni Murod Zuhurov futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqida toshkentliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Superliga 26-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “So‘g‘diyona” bahsi 36 yoshli darvozabon uchun faoliyatidagi so‘nggi o‘yinga aylandi.
Ta’kidlanishicha, 2020-yil bahorida “Bunyodkor” futbol klubi rahnamoligida Zuhurov uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Zuhurov “qaldirg‘ochlar”dan tashqari “Do‘stlik”, “Metallurg”, “Navbahor” va “Nasaf” klublarida ham faoliyat yuritgan. U shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasida 4 ta o‘yin o‘tkazgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)