Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Namangan viloyati hokimligi va Sverdlovsk viloyati hukumati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va boshqa sohalarda hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Sverdlovsk viloyati delegatsiyaning Namanganga safari doirasidagi uchrashuvlar chog‘ida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev tomonidan imzolangan kelishuvga asosan ikki viloyat o‘rtasida sanoat, savdo, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at, turizm, sport va yoshlar siyosati sohalarida keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Sverdlovsk viloyati qurilish industriyasi korxonalari uyushmasi, “SverdlovElektro”, “SIT Terminal” va boshqa kompaniyalar bilan viloyatdagi tegishli korxona-tashkilotlar o‘rtasida memorandumlar imzolandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Kengaytirilgan formatdagi uchrashuvdan so‘ng ikki viloyat rahbarlari imzolangan kelishuv yuzasidan OAV vakillariga bayonot berdi.

Bayonot davomida hamkorlik kelishuvining asosiy yo‘nalishi iqtisodiy aloqalar ekanini qayd etgan Xayrullo Bozorov sanoat sohasida kooperatsiya hamda o‘zaro investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga, ijtimoiy-madaniy sohadagi qo‘shma loyihalarga ham katta e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Ural ishbilarmon doiralarining viloyatga qiziqishi katta ekani, 70 dan ortiq mahalliy kompaniya Namangan bilan hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqayotganini bildirgan Yevgeniy Kuyvashev Sverdlovsk delegatsiyasining katta tarkibda kelishi sababini ham shu bilan izohladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)