• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “O‘nta qo‘y”, “magazinchi G‘aybulla”, “nega ketmonim uchmaydi”. O‘zbek filmlaridan xalq mulkiga aylangan iqtiboslar

    Ko‘nglimizga yoqqan har narsani xalq mulkiga aylantira olamiz. Kinofilmlar va spektakllardagi ajoyib iboralar bugun haqqoniy ravishda xalq og‘zaki ijodi mulkiga aylanib bo‘lgan.

    Bir paytlar mamlakatimizda yagona bo‘lgan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi kommunistik tuzum g‘oyalarini targ‘ib qiladigan filmlar bilan birga bugungi kunda klassikaga aylanigan kartinalarni ham suratga olgan. Ana shunday filmlardagi ayrim iboralar bugungi kunda ham juda mashhur.

    Quyida turli kinofilmlar va spektakllarda yangragan iboralarning eng mashhurlariga to‘xtalamiz.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “Onamdan qolgan toshoyna qani?”

    Ergash Karimov

    Marhum Ergash Karimov zo‘r mahorat bilan o‘ynagan futbol muxlisi obrazi tomonidan “Paxtakor” jamoasi yutqazganda aytiladigan bu gap bugun ham aksariyat hollarda futboldan so‘ng ko‘pchilik tomonidan eslanadi. Ayniqsa terma jamoamiz yutqazib qo‘ysa, bu gap futbol muxlislari tomonidan ko‘p takrorlanadi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “O‘nta qo‘y nima bo‘ladi?”

    Maryam Yoqubova

    “Mahallada duv-duv gap” filmida qahramon to‘y arafasida eriga “To‘yga nechta qo‘y oldingiz?” deb so‘raganida eri past ovozda “Bitta” deb javob berganida, qo‘shnilar ham eshitsin deb baland ovozda shu gapni aytadi. O‘shandan beri katta gapiruvchi kishilarga xalqimiz shu gap bilan pisanda qilib aytadi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “Har bir idora tepasida bitta bayroq, bitta lokator bo‘ladi”

    Muhammadsoli Yusupov

    “Temir xotin” spektaklida bu gapni bosh qahramon Qo‘chqor Olimjondan kelajak robotlari haqida eshitib, so‘ng o‘sha gaplarga qo‘shib-qo‘shib chatib Alomatxonga gapirib berayotganda gapiradi. O‘shandan beri qaysidir odam yoki mutasaddi “kelajakda undoq bo‘ladi, mundoq qilodurmiz” deb amalga oshishi qiyin bo‘lgan ish haqida gapirib, gapni olib qochaversa, xalqimiz yuqoridagi iborani esga oladi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “Sizni oyim ham, dadam ham, magazinchi G‘aybulla ham, butun qishloq yomon ko‘radi”

    “Suyunchi” filmida qahramonlardan biri bo‘lgan bola bu gaplarni qishloq tinchligi uchun xizmatda bo‘lgan buvisiga yoshlik qilib aytib qo‘yadi.

    Odamlar birovni tanqid qilish kerak bo‘lganda “Suyunchi” filmidagi shu gapni eslaydi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “Siz o‘shamu?”

    Gulchehra Jamilova

    Bu gap xalqimizning mashhur yozuvchisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan olingan. Bu so‘zlar roman asosida suratga olingan filmda Kumush tilidan aytilgan. Rolda xalqimizning sevimli aktrisasi Gulchehra Jamilova o‘ynagan. Bugun bu so‘zlar o‘zini tanishtirayotgan kishiga nisbatan ko‘p ishlatiladi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “Mana bu kolxoz deganing uchun, mana bu rais deganing uchun”

    Muhammadjon Rahimov

    “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmida Abbos ismli nabira kichik yangasi Nigora buvisini tanqid qilganini bekitikcha eshitib qoladi va uning ovqatiga “Mana bu kolxoz deganing uchun, mana bu rais  deganing uchun” deb bir quti tuzni solib yuborib, ovqatni sho‘r qilib qo‘yadi. Bugun xalqimiz boshqalarga jahl qilib ishlayotgan odamga qarata hazil tariqasida shu so‘zlarni ishlatadi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “Akademik Pavlov nazariyasiga ko‘ra”

    Rimma Ahmedova

    Bu gaplarni “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi doktor kelin har bir gapidan oldin takrorlab, aytmoqchi bo‘lgan gapini akademik Pavlov nazariyasiga bog‘layveradi. Bugun ham odamlar ayrim hollarda hazil tariqasida “akademik Pavlov nazariyasiga ko‘ra” deb gap boshlaydi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “Abdullajon, shakarsan, shakar!”

    Rajab Adashev

    Bu so‘zlarni “Abdullajon” filmida bosh qahramon Bozorboy o‘zga sayyoralik “o‘g‘li” Abdullajonga qarata aytadi. Odamlar kimnidir maqtash lozim bo‘lgan holatlarda shu so‘zlarni ishlatadi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “Nega mening ketmonim uchmayapti?”

    To‘ychi Oripov

    Bu so‘zlar ham “Abdullajon” filmidan. Rais rolini o‘ynagan To‘ychi Oripov tilidan aytiladi.

    Bugun xalqimiz orasida ishi yurishmagan, omadi chopmagan insonlar holatini “ketmonim uchmayapti” deb ifodalaydi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    “O‘lgan buvisiga yangi kafan, otasiga – aroq zavodi, onasiga – kampit zavodi, singlisiga — kiyim fabrikasi... sizga esa — zambarakning o‘qi...”

    Ergash Karimov

    Bu mashhur gapni “Uchrashuv” miniatyuralar to‘plamida Ergash Karimov aytgan. Qudalar to‘y maslahatini qilishda bir taraf ikkinchi tarafga to‘yni dabdabali qilish haqida talab qo‘yaverganida Ergash Karimov shu gapni aytadi.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.

    21.11.2019, 21:04   Izoh (0)   80949
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Senimi, shoshmay tur!” multfilmining yangi 26 ta qismi suratga olinadi

    16.11.2019, 13:08

    Dueyn Jonson ijtimoiy tarmoqlarda yana o‘ldi

    16.11.2019, 08:14

    Abdulla Avloniy haqida film: dekoratsiya uchun 3 ta vokzal, 2 ta 14 metrli poyezd, bitta paroxod qurildi

    13.11.2019, 07:22

    Gollivud aktyori poygachi rolini ijro etish uchun 18 kilogrammga ozdi

    07.11.2019, 18:36

    “Katta davlatlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi”. Shohruxxon o‘ynagan filmlardagi iqtiboslar bo‘yicha test

    02.11.2019, 16:03

    O‘zbekistonning chekka hududlarida kinoteatrlar soni ko‘paytirilib, chiptalar narxi arzonlashtiriladi

    02.11.2019, 14:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.