Ko‘nglimizga yoqqan har narsani xalq mulkiga aylantira olamiz. Kinofilmlar va spektakllardagi ajoyib iboralar bugun haqqoniy ravishda xalq og‘zaki ijodi mulkiga aylanib bo‘lgan.
Bir paytlar mamlakatimizda yagona bo‘lgan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi kommunistik tuzum g‘oyalarini targ‘ib qiladigan filmlar bilan birga bugungi kunda klassikaga aylanigan kartinalarni ham suratga olgan. Ana shunday filmlardagi ayrim iboralar bugungi kunda ham juda mashhur.
Quyida turli kinofilmlar va spektakllarda yangragan iboralarning eng mashhurlariga to‘xtalamiz.
“Onamdan qolgan toshoyna qani?”
Ergash KarimovMarhum Ergash Karimov zo‘r mahorat bilan o‘ynagan futbol muxlisi obrazi tomonidan “Paxtakor” jamoasi yutqazganda aytiladigan bu gap bugun ham aksariyat hollarda futboldan so‘ng ko‘pchilik tomonidan eslanadi. Ayniqsa terma jamoamiz yutqazib qo‘ysa, bu gap futbol muxlislari tomonidan ko‘p takrorlanadi.
“O‘nta qo‘y nima bo‘ladi?”
Maryam Yoqubova“Mahallada duv-duv gap” filmida qahramon to‘y arafasida eriga “To‘yga nechta qo‘y oldingiz?” deb so‘raganida eri past ovozda “Bitta” deb javob berganida, qo‘shnilar ham eshitsin deb baland ovozda shu gapni aytadi. O‘shandan beri katta gapiruvchi kishilarga xalqimiz shu gap bilan pisanda qilib aytadi.
“Har bir idora tepasida bitta bayroq, bitta lokator bo‘ladi”
Muhammadsoli Yusupov“Temir xotin” spektaklida bu gapni bosh qahramon Qo‘chqor Olimjondan kelajak robotlari haqida eshitib, so‘ng o‘sha gaplarga qo‘shib-qo‘shib chatib Alomatxonga gapirib berayotganda gapiradi. O‘shandan beri qaysidir odam yoki mutasaddi “kelajakda undoq bo‘ladi, mundoq qilodurmiz” deb amalga oshishi qiyin bo‘lgan ish haqida gapirib, gapni olib qochaversa, xalqimiz yuqoridagi iborani esga oladi.
“Sizni oyim ham, dadam ham, magazinchi G‘aybulla ham, butun qishloq yomon ko‘radi”
“Suyunchi” filmida qahramonlardan biri bo‘lgan bola bu gaplarni qishloq tinchligi uchun xizmatda bo‘lgan buvisiga yoshlik qilib aytib qo‘yadi.Odamlar birovni tanqid qilish kerak bo‘lganda “Suyunchi” filmidagi shu gapni eslaydi.
“Siz o‘shamu?”
Gulchehra JamilovaBu gap xalqimizning mashhur yozuvchisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan olingan. Bu so‘zlar roman asosida suratga olingan filmda Kumush tilidan aytilgan. Rolda xalqimizning sevimli aktrisasi Gulchehra Jamilova o‘ynagan. Bugun bu so‘zlar o‘zini tanishtirayotgan kishiga nisbatan ko‘p ishlatiladi.
“Mana bu kolxoz deganing uchun, mana bu rais deganing uchun”
Muhammadjon Rahimov
“Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmida Abbos ismli nabira kichik yangasi Nigora buvisini tanqid qilganini bekitikcha eshitib qoladi va uning ovqatiga “Mana bu kolxoz deganing uchun, mana bu rais deganing uchun” deb bir quti tuzni solib yuborib, ovqatni sho‘r qilib qo‘yadi. Bugun xalqimiz boshqalarga jahl qilib ishlayotgan odamga qarata hazil tariqasida shu so‘zlarni ishlatadi.
“Akademik Pavlov nazariyasiga ko‘ra”
Rimma Ahmedova
Bu gaplarni “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi doktor kelin har bir gapidan oldin takrorlab, aytmoqchi bo‘lgan gapini akademik Pavlov nazariyasiga bog‘layveradi. Bugun ham odamlar ayrim hollarda hazil tariqasida “akademik Pavlov nazariyasiga ko‘ra” deb gap boshlaydi.
“Abdullajon, shakarsan, shakar!”
Rajab AdashevBu so‘zlarni “Abdullajon” filmida bosh qahramon Bozorboy o‘zga sayyoralik “o‘g‘li” Abdullajonga qarata aytadi. Odamlar kimnidir maqtash lozim bo‘lgan holatlarda shu so‘zlarni ishlatadi.
“Nega mening ketmonim uchmayapti?”
To‘ychi OripovBu so‘zlar ham “Abdullajon” filmidan. Rais rolini o‘ynagan To‘ychi Oripov tilidan aytiladi.
Bugun xalqimiz orasida ishi yurishmagan, omadi chopmagan insonlar holatini “ketmonim uchmayapti” deb ifodalaydi.
“O‘lgan buvisiga yangi kafan, otasiga – aroq zavodi, onasiga – kampit zavodi, singlisiga — kiyim fabrikasi... sizga esa — zambarakning o‘qi...”
Ergash Karimov
Bu mashhur gapni “Uchrashuv” miniatyuralar to‘plamida Ergash Karimov aytgan. Qudalar to‘y maslahatini qilishda bir taraf ikkinchi tarafga to‘yni dabdabali qilish haqida talab qo‘yaverganida Ergash Karimov shu gapni aytadi.
G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.
Izoh (0)