Qozog‘istonning Chimkent shahridagi 1-sonli kasalxona bosh shifokori Abilay Donboy inson tana a’zolarini noqonuniy transplantatsiya qilganlikda ishtirok etgani uchun qo‘lga olindi, deb xabar berdi Regnum.
Abilay Donboy Qozog‘iston jinoyat kodeksining ikki moddasi — transmilliy jinoiy guruhda ishtirok etish va inson ichki a’zolarini transplantatsiya qilganlikda gumonlanmoqda.
Sudga qadar surishtiruv davomida 2017—2018-yillarda mamlakat hududida inson ichki a’zolari transplantatsiyasi sohasida jinoiy guruh noqonuniy faoliyat yuritgani aniqlangan. Guruh tarkibiga boshqa davlat fuqarolari ham kirgan.
Donor sifatida moddiy sharoiti og‘irligi tufayli o‘z a’zolarini sotishga majbur bo‘lgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ukraina fuqarolari jalb etilgan. Ichki a’zolarni xorijiy davlatlarning, asosan Isroilning badavlat kishilari sotib olgan.
Tergovda Abilay Donboy jinoiy guruh a’zolari bilan til biriktirib, katta pul evaziga ichki a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha noqonuniy jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazgani aniqlangan.
Mazkur ish doirasida transplantolog shifokor Gani Kuttimuratov va jinoiy guruhning yana bir a’zosi Qirg‘iziston fuqarosi B.T. Taysalova hibsga olingan.
Hozirda jinoyat ishini sudga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)