• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fermerlar kengashi “Milliy tiklanish” rahbari Alisher Qodirovni bayonotlar berishda mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi

    16-noyabr kuni O‘zbekistondagi siyosiy partiyalari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu uchrashuv davomida jurnalistlar va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tomonidan siyosiy partiya rahbarlariga bir qator savollar berildi va tegishli ravishda ularga javoblar berilib, debat bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining nuqtayi nazariga ko‘ra, ayrim siyosiy partiyalarning yetakchilari tomonidan berilgan muayyan javoblar noxolis bo‘lib, shoshqaloqlik bilan real vaziyatni buzib ko‘rsatadigan populistik ruhda bo‘lgani sababli jamoatchilikni chalg‘itishga xizmat qiladi.

    Shunday savollardan biri O‘zbekiston Respublikasining “Fermerlik to‘g‘risida”gi va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarida fermer va dehqon xo‘jaliklarining Kengashga majburiy a’zoligining belgilanishi konstitutsiyaviy me’yorlarga zidligi to‘g‘risida berilgan edi.

    Ushbu savolga O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi tomonidan batafsil, aniq tushuntirish berildi, bundan tashqari, savol muallifining ushbu me’yorlarga “shu yerda va hozir” sharh berishi to‘g‘risidagi talabiga savol muallifi va butun jamoatchilikka mazkur qonunchilik me’yorlarining hamma tomonini hisobga olgan holda to‘liq ma’lumot berilishini alohida ta’kidlab, ma’lum qilindi.

    Alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston qonunlarining Konstitutsiyaga mosligini belgilash O‘zbekiston Respublikasining “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatiga kiradi.

    Shu bilan bir qatorda, “Milliy tiklanish” siyosiy partiyasining yetakchisi Alisher Qodirov yuqorida keltirilgan me’yorlar Konstitutsiyaga zid kelishi to‘g‘risida fikr bildirib, O‘zbekiston parlamenti deputatlarini, shu jumladan, “Milliy tiklanish” fraksiyasi deputatlarini ham “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi me’yorlariga zid keluvchi qonunni qabul qilishgan”likda ayblamoqda.

    O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “Milliy tiklanish” siyosiy partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov tomonidan yetarli darajada dalillanmagan, ya’ni Konstitutsiya va boshqa aniq me’yoriy hujjatlariga asoslanmagan bunday jiddiy ayblovlarning olg‘a surilishidan chuqur tashvishda ekanini ma’lum qiladi.

    “Shu munosabat bilan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ushbu masala bo‘yicha o‘zining asosli tushuntirishlarini berish zarur, deb hisoblaydi.

    Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533 sonli Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining ‘Fermerlar to‘g‘risida’ va ‘Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida’gi qonunlariga o‘zgartirishlar kiritilib, ularda ‘Fermer va dehqon xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiydir’, deb belgilab qo‘yilgan.

    Ayni vaqtda ushbu me’yorlar mamlakatimizning asosiy qonuni me’yorlariga zid emas. Uchrashuvda savol muallifi ta’kidlagan me’yor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi XIII bobda keltirilgan.

    Konstitutsiyaning 56-moddasiga ko‘ra ‘O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi’.

    Ixtiyoriy a’zolik masalasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining faqat bitta moddasida, aniqrog‘i 59-moddasida tartibga solingan va quyidagicha ifodalangan:

    ‘Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir’.

    Biroq O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, o‘zining huquqiy-tashkiliy maqomiga ko‘ra professional tashkilot (kasaba uyushmasi) emas.

    Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O‘zbekiston Respublikasining ‘Fermerlik to‘g‘risida’, ‘Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida’gi qonunlari me’yorlariga zid keladigan me’yorlar mavjud emas.

    Yuqoridagi me’yorlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ‘Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida’gi qonunga ham zid emas, chunki ushbu qonunning 3-moddasiga binoan, nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

    Ushbu moddaning ikkinchi qismida ‘Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa ayrim nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzishning, ular faoliyatining, qayta tashkil etilishi va tugatilishining xususiyatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi’, deb belgilangan.

    O‘zbekiston Respublikasining ‘Fermerlik to‘g‘risida’, ‘Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida’gi qonunlari o‘z sohasida alohida qonunlar bo‘lgani sababli mazkur sohada ustuvorlikka ega va shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining ‘Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida’gi qonuni talablariga zid kelmaydi.

    Shunga o‘xshash me’yorlar yetakchi xorijiy mamlakatlar, xususan, AQSh, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa bir qator mamlakatlar qonunchiligida ham mavjud.

    Masalan, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida quyidagi faoliyat turlari, ya’ni, audit, arbitraj boshqaruvi, energetika sohasidagi tadqiqotlar, baholash faoliyati, aktuariylik faoliyati, moliyaviy tashkilotlar faoliyati, quruvchilik faoliyati, texnik buyurtmachilik faoliyati, davlatga tegishli hududlarda faoliyat ko‘rsatish, qurilish va loyihalash bo‘yicha mintaqaviy operatorlik bilan shug‘ullanganda nodavlat notijorat tashkilotiga a’zolik majburiydir.

    Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Alisher Qodirov hamda saylovoldi debatlarining boshqa ishtirokchilaridan quyidagilarni so‘raydi:

    — deputatlarning, xususan, ‘Milliy tiklanish’ va O‘zLiDeP vakillarining hamda parlamentda deputatik korpusiga ega bo‘lgan boshqa siyosiy partiyalar vakillarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan populistik bayonotlarga berilmaslik;

    — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari me’yorlarini o‘z bilganicha (erkin) sharhlamasdan, bu borada vakolatli yuridik tashkilot va muassasalarga murojaat qilish zarur.

    ‘Milliy tiklanish’ siyosiy partiyasi yetakchisi A.Qodirov O‘zbekiston Respublikasining ‘Fermerlik to‘g‘risida’gi, ‘Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida’gi qonunlari me’yorlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining me’yorlariga mosligiga shubha bildirsa, bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasining ‘Konstitutsion sud to‘g‘risida’gi qonunining 25-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudiga murojaat qilishi mumkinligini bildiramiz”, — deyiladi xabarda.

    19.11.2019, 11:14   Izoh (0)   19506
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon banki O‘zbekistonga 500 mln dollar qarz ajratadi

    19.11.2019, 10:43

    Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi

    19.11.2019, 10:28

    UzAuto Motors’da mijozlar avtomobillarning yangi rangini buyurtma qilish imkoniga ega bo‘ldi

    19.11.2019, 10:13

    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi: Yuridik jihatdan “jinoyatga moyilligi bor ayol” degan tushuncha yo‘q

    19.11.2019, 09:43

    Zangiotadagi koloniyada 11 marta sudlangan ayol jazo o‘tamoqda. U birinchi marta 17 yoshida qamalgan, yaqinda qamoqdan pensiyaga chiqadi

    19.11.2019, 09:14

    O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning hashamatli uyi 10 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi (foto)

    19.11.2019, 07:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.