Toshkent vaqti bilan 17-noyabr tonggida Meksikaning San-Migel-de-Alende shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kechada o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tarildi.

Foto: Twitter

Rio—2016 Olimpiadasi chempioni o‘zining prof boksdagi debyut jangini meksikalik 19 yoshli bokschi Xesus Servantes Villanuevaga qarshi o‘tkazdi va ajoyib g‘alabaga erishdi.

Hasanboy olti raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundida meksikalik bokschini nokautga uchratdi va prof boksdagi debyutini nokaut bilan boshladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!