O‘zgidromet hafta davomida mamlakat hududida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Kecha, 10-noyabr kuni O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog‘iston hududidan sovuq havo oqimi kirib keldi. Mamlakat shimolida harorat 7—10 daraja pasayib, 9—14 daraja iliq atrofida bo‘ldi.
Bugun, 11-noyabr kuni antitsiklon butun respublika hududiga tarqaldi. Bu sovuq havo oqimi ta’sirida bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Harorat pasayib, 10—13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Haftaning oxirigacha respublika hududi sovuq havo ta’siri ostida qoladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat foni kechasi 0—5 daraja iliq, 12-noyabrda ayrim joylarda 1—3 daraja sovuq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalroq 10-noyabr, yakshanba kuni Qozog‘iston hududi bo‘ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o‘tishi natijasida O‘zbekiston ana shu sovuq oqim chegarasida bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)