11-noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Surum” MFY Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyning isitish qozonidan tabiiy gazning sizib chiqishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Buning oqibatida uyning tom qismi qulab tushgan va uy jihozlari yongan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirligi va viloyatning tegishli mutasaddi rahbarlari, Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Gaz vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)