Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 13-turi doirasida PSJ safarda “Brest”ga qarshi bahs olib boradi.

Foto: Twitter

Argentinaliklar Anxel di Mariya va Mauro Ikardining gollari PSJga navbatdagi uch ochkoni keltirdi.

Qayd etish joiz, Ikardi uchrashuvdan avval jarohat olgani aytilgandi. Biroq u 80-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va g‘alaba golini urdi.

PSJ ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 30 taga yetkazib,musobaqa jadvalida yakka hokim bo‘lib turibdi. “Brest” esa 17 ochko bilan 9-o‘rinni band qilgan.

Liga 1

13-tur bahsi

9-noyabr, shanba

“Brest” – PSJ 1:2

Gollar: 1:0 — 39 Di Mariya, 1:1 — 72 Grandsir, 1:2 — 85 Ikardi.

“Brest” — Larsonner, Ben, Perro, Kastelletto, Kur, Fossure, Diallo, Otre (Grandsir, 65), Belkebla, Sharbone, Kardona (Mendi, 78).

PSJ: Riko, Kurzava, Dagba, Tiago Silva, Diallo, Verratti (Markinos, 80), Guye, Di Mariya, Draksler, Sarabiya (Shupo-Moting, 80), Kavani (Ikardi, 80).

Ogohlantirish: Draksler (74).