• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Adolat” SDP IIBga ketib uyga qaytmagan 20 yoshli Abduloh Tohirov voqeasiga munosabat bildirdi

    Avvalroq, Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro Dilmurod Tohirovning 20 yashar o‘g‘li Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotganligi haqida gap-so‘zlar tarqalgani xabar berilgandi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Adolat” SDP a‘zosi Baxtiyor Ibrohimovning fikriga ko‘ra, bunday holatda qonun talablari buzilgan ko‘rinadi:

    • Abdulloh tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilgani natijasida Q.Ergashev boshqaruvidagi avtotransport vositasiga moddiy zarar yetgan.
    Moddiy zarar summasidan kelib chiqib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133 yoki 134-moddasi bilan Abdulloh Tohirovga jarima solinadi yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etiladi. Bu harakat uchun ma’muriy qamoq jazosi berilmaydi. Agar boshqa harakati uchun ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan bo‘lsa, uning qonuniy huquqini buzmasdan oila a’zolariga xabar qilinishi talab etiladi.
    • Agar Abdulloh bironta jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan bo‘lsa, Jinoyat-protsessual kodeksning 220-221-moddalariga asosan faqat:
    1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushsa;

    2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsalar;

    3) uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa;

    4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa ushlab turilishi mumkin.

    Ushbu kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli ma’lumotlar bo‘lmagan shaxs gumon qilinuvchi hisoblanib, bu to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqarishi lozim. 48-moddada esa gumon qilinuvchi o‘zining nimada gumon qilinayotganligini bilish, ushlab turilganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish, ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish hamda u bilan uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

    Shu bilan birga, JPKning 224-225-moddalari talabidan kelib chiqib, ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad etishga bo‘lgan protsessual huquqlarini tushuntirishi, bergan ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanish mumkinligini bildirishi, ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng, huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi ushlab turish bayonnomasini darhol tuzishi, bayonnomada kimning, kim tomonidan, qachon, qanday holatda, qonunda ko‘rsatilgan qanday asoslarga ko‘ra ushlangani, qanday jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotganligini, ichki ishlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organga qaysi vaqtda olib kelinganligini aks ettirishi lozim.

    Bu haqda, o‘n ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda xabar berilishi hamda ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay o‘tkazilishi shart. Ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma to‘rt soatdan kechiktirilmay so‘roq qilinishi lozim.

    Ushlab turish muddati 226-moddada qayd etilgandek, shaxs ichki ishlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin. Ushlab turish muddati tugagunga qadar va asoslar mavjud bo‘lganda unga ayb e’lon qilinishi, ayblanuvchining huquq va majburiyatlari tushuntirilishi, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib so‘roq qilinishi va ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal etilishi zarur.

    Qonun talabini buzgan vakolatli shaxslar fuqaroni qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi uchun Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 234-moddasida (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun javobgarlikka tortiladi.

    “O‘zbekiston ‘Adolat’ sotsial-demokratik partiyasi ushbu voqeani qattiq qoralaydi va Qonunni oyoq osti qilmang! deb o‘z munosabatini bildiradi.

    Shuningdek, Bosh prokuraturadan ‘Abdulloh qayerda?’ maqolasi yuzasidan hamda 14 kundan beri uning qayerda ekanligi haqida xabar bermagan shaxslar harakatiga huquqiy baho berib, munosabat bildirishini kutib qolamiz”, — deyiladi xabarda.

    Avvalroq O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mazkur masala yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi. Ta’kidlanishicha, ittifoq mazkur vaziyat bo‘yicha bir necha kun avval o‘rganish ishlarini boshlagan.

    Mavzuga doir:

    • Andijon viloyat IIBga chaqirilgan 20 yoshli yigit haligacha uyiga qaytib kelmagan
    • Yoshlar ittifoqi qayerdaligini IIB ham bilmaydigan Abdulloh bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

    08.11.2019, 20:29   Izoh (0)   59477
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “Ostona” xalqaro moliya markaziga o‘xshash markaz ochiladi

    08.11.2019, 19:59

    Xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan pochta jo‘natmalari ichidan marixuana urug‘i va psixotrop moddalar topildi

    08.11.2019, 19:44

    Toshkentda avtomobil yukxonasidan 6 mln so‘m o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgan shaxslar ushlandi

    08.11.2019, 19:13

    Qorag‘alpog‘istonda non narxi 1500 so‘mdan sotilishi nazoratga olindi

    08.11.2019, 18:57

    Toshkent shahar IIBBga 523 ta yangi mashina sotib olinadi

    08.11.2019, 18:27

    IIV vakili O‘zbekistonda 1-2 yil ichida propiska deyarli ko‘tarilmaydigan masalaga aylanishini aytdi

    08.11.2019, 17:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

    Reklama | 17 may, 21:45

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23

    Kuchli shamol oqibatida Toshkent shahri va viloyatida qariyb 19 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

    O‘zbekiston | 17 may, 21:53

    Miyani zaharlaydi: xotirani susaytiradigan va fikrlash tiniqligini yo‘qotadigan mahsulotlar haqida ogohlantirish berildi

    Salomatlik | 17 may, 21:25

    Davlat organlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 21:00

    LG ikki qismga ajraladigan ramkasiz televizorni taqdim etdi

    Texnologiyalar | 17 may, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.